8-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Yakkasaroy tumani: “To‘qimachi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 14:00gacha;
  • Chilonzor tumani: “Guliston” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytirilishi ma’lum qilingandi.

Bu bo‘yicha Qozog‘iston tomoni tegishli qonun loyihasi ko‘rib chiqmoqda. Hujjat bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan energiya resurslarining birgalikda bojxona nazoratini tashkil etishni nazarda tutadi.