20-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani: “Degrez” hamda “Ko‘kcha Oqtepa” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Sergeli tumani: “Xonobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

19-sentabr kuni Uchtepa hamda Mirobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi o‘chirilgandi.