19-yanvar kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr ta’minoti o‘chirilishi ma’lum qilindi.

Bu kuni Olmazor tumanining uchta hududida elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Hofiz Ko‘xakiy”, “Zarbdor” hamda “Shoshiy” MFYlarning ayrim hududlaridagi iste’molchilar soat 09:00dan 15:00gacha tarmoqdan uziladi.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

2023-yilning iyun oyidan poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlari boshlangandi.

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. 26-iyulda mamlakat bo‘yicha elektr iste’moli 250,7 mln kVt/soatni tashkil etib, o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 5,8% oshgan.

Noyabr oyi boshida davlat rahbari energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar berdi. Undan keyin energiya manbalarini barqaror yetkazib berish, iliq kunlarda resurslarni tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.