O‘zbekiston kadrlar defitsitiga duch kelmoqda. Bu haqda “Ancor” kadrlar kompaniyasining mehnat bozorlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobotida keltirilgan (“Spot” mavjud).

Mamlakat bozorida xalqaro kompaniyalar ish boshladi, bu esa mutaxassislarga bo‘lgan talabning keskin oshishiga olib keldi.

So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 17%i asosan o‘z biznesini yaratishni afzal ko‘rgan. Ularning deyarli uchdan bir qismi 100 kishigacha bo‘lgan firmalarda ishlashni xohlashsa, xalqaro kompaniyalarda ishlash unchalik ham ommabop emas — 9%.

48% o‘zbekistonliklar uchun ish beruvchini tanlashda asosiy omil maosh hisoblanadi. Shuningdek, ularni ish joyidagi muhit (43%), ishning qiziqarli xususiyati (42%), sifatli mahsulot va xizmatlar (42%), ofis joylashuvi (41%) ham qiziqtiradi.

Shu bilan birga, aloqa sohasidagi ish beruvchilar ko‘pincha boshqa omillarga e’tibor berishadi. bunda prioritet bo‘yicha kuchli rahbarlik, mahsulot sifati, kompaniya reputatsiyasi, zamonaviy texnologiyalar hamda moliyaviy barqarorlik muhim ahamiyatga ega.

O‘tgan yil davomida respondentlarning 85%i hozirgi ish joyida qolgan. 19%i ish haqining judayam pastligi sabab ishini o‘zgartirgan. Ikkinchi o‘rinni 16% bilan faoliyatdan qoniqish yo‘qligi egallaydi.

O‘zbekistonliklar orasida ish o‘rinlarini o‘zgartirishga asosiy sabablar qatorida ish grafigining mos kelmasligi, ortiqcha ish yuki (har biri 16%) hamda rahbariyatdan norozilik (14%) turibdi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini qidirishda eng ommabop kanallar ijtimoiy tarmoq va messenjerlar (23%) bo‘lib qolmoqda, ixtisoslashgan portallar esa hamon ikkinchi o‘rinda — 22%. Shuningdek, top-5talikka tavsiyalar (19%), internet (15%) va rasmiy bandlik xizmatlari (13%) kiradi.

Ish beruvchining reputatsiyasini tekshirishda oila va do‘stlarning fikri bilan qiziqish usuli ikkinchi o‘rinda turadi (19%). Ular haqida internet orqali izlash esa 15% bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

O‘zbekistonliklar ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni asosan ijtimoiy tarmoqlar (21%) va karyera saytlaridan (15%) qidirishadi.

Avvalroq mamlakatda ishchilarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i charchash alomatlarini sezishi haqida xabar berilgandi. Mutaxassislarning fikricha, bu ish va hayot muvozanatiga erishish istagidan dalolat beradi.