Jadal o‘sish sharoitlarida, O‘zbekistonning moliyaviy sektori o‘nlab yillar davomida shakllangan tizim va jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda. Strategiyani amalga oshirishda zarur bo‘lgan vakolatlar uchun poygada, banklar qimmatli xodimlarni ko‘proq sotib olishga, xorijdan xodimlarni jalb qilishga va raqobatchilarning takliflarini pul bilan ortda qoldirishga tayyor.

Masalan, mobil banking sohasidagi bitta mutaxassis endilikda mahalliy mutaxassislarning butun bir bo‘limiga teng ishlarni bajarishi mumkin. Ko‘p yildan buyon ishlab kelayotgan xodimlar maoshlarining kamligi va hozirgi ishlaridan yaxshiroq ish joylarini izlashlari kerakligini his qilishmoqda. Rahbariyatda esa, ish haqi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun odatiy vositalar yo‘qolmoqda, yaxshi nomzodga qancha maosh taklif qilish, o‘z odamlarining maoshini qachon va qanchaga oshirish, ketib qolayotgan xodimni qancha maosh bilan ushlab qolish mantiqiy bo‘ladi, degan savollarga javob yo‘q.

Xodimning qimmati

Yuqoriroq ish haqi ortidan ketgan xodimni almashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar uning 3−10 ta oylik ish haqini (xodim qidirish, tanlash, moslashish davri) tashkil qiladi. Mazkur miqdor, bankning zaruriy ekspertini yo‘qotganligi sabab ko‘rgan zararini hisobga olmaydi. Shu bilan birga, kompaniyada xodimlar asossiz ravishda katta miqdorda pul olayotgan lavozimlar ham bo‘lishi mumkin.

“Hozirda yuqori malakali nomzodning narxi qancha?” — ish beruvchi bu savolga aniq javobni bilishi kerak. Agar u to‘lashga tayyor bo‘lgan ish haqi bozordagiga nisbatan to‘g‘ri kelsa, u moliyaviy bozorning haqiqiy yulduzlarini jalb qilib, kompaniyada allaqachon ishlayotgan mutaxassislarni saqlab qola oladi.

O‘zbekiston moliya bozoridagi ish beruvchilarning asosiy muammolari:

  • qimmatli ekspertni jalb qilish kerak, lekin unga qancha pul taklif qilishni bilishmayapdi;
  • kompaniyalardan kerakli kadrlar ketib qolmoqda;
  • ketganlarni almashtirishga ko‘p mablag‘ sarflanadi;
  • uzoq vaqt davomida kerakli malakaga ega mutaxassislarni ishga yollashda qiynalmoqda;
  • xodimlar ularga ish haqi adolatsiz to‘lanayotganini his qilmoqdalar;
  • rahbariyat xodimlarning ish haqi juda yuqori deb o‘ylamoqda.

Mamlakat banklari va fintech kompaniyalaridagi ish haqi tadqiqotlari bozordagi vaziyatga qarab, uni boshqarish uchun zarur ma’lumotlarni olishning samarali va tezkor usuli — ish haqi tadqiqotiga buyurtma berishadi.

Ayni paytda O‘zbekiston konsalting bozorida bunday tadqiqotlar yetarli emas. Taqdim etilgan materiallar odatda lavozim nomi hamda mazkur lavozim uchun o‘rtacha minimal va maksimal ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat. Tahlilning bunday darajasi ilg‘or jahon amaliyotiga mos kelmaydi va sifatli taqqoslash imkonini bermaydi.

Ish haqlarining professional tadqiqotdagi tafovut

Birinchidan, bu lavozimning rasmiy nomi bilan emas, balki uning mazmuni — mas’uliyat darajasi, talab qilinadigan professionallik va boshqalar bilan ishlaydigan tahlil. Zero, kichik bankning hududiy filialidagi va O’zbekistonning yirik banklaridan biri markaziy apparatdagi “mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer"ning vazifalari, vakolatlari va mas’uliyatlarining tubdan boshqacha ko‘lamini nazarda tutadi. Nomlari bir xil bo‘lishiga qaramay, ularni bir-biriga taqqoslash noo‘rin.

Shuning uchun, ish haqini professional tadqiq qilishni boshqalaridan ajratib turadigan birinchi va muhim narsa — faqat lavozimning nomini emas, balki ishning mazmunini inobatga oladigan metodologiya.

Ikkinchi muhim farq — professional ish haqi tadqiqotlarini yaratishda, bo‘sh ish o‘rinlari yoki mehnat bozoridagi talabgorlarning so‘rovlari emas, balki xodimlar bilan ishlash xizmatlaridan haqiqatda to‘langan ish haqi to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar yig‘iladi.

ECOPSY Consulting kompaniyasi ekspertlari ish haqlari tadqiqoti o‘tkazish uchun noyob yondashuv — TRUST (Total Reward Unique Survey Tool) vositasini ishlab chiqishdi. Uning maqsadi — tadqiqot natijalari asosida buyurtmachi kimga, qancha va nima uchun to‘lash kerakligi haqida aniq ma‘lumotga ega bo‘lish uchun ish haqi bozori va uning shakllanishi bilan bog‘liq omillarni chuqur o‘rganadi.

“Biz noyob vaziyat uchun noyob vosita yaratdik. Hozirda O‘zbekiston bozorida lavozimlarni funksional to‘ldirish va biznes-jarayonlarni qurish bo‘yicha sinalgan yondashuvlar mavjud emas. Banklar esa endigina, tez rivojlanayotgan bozorga mos keladigan eng yaxshi yechimlarni topishga urinmoqdalar. Bu esa, lavozimlarni yangi varaqdan tavsiflash va ularning kompaniya uchun qiymatini aniqlashga qulay fursat. Buni to‘g‘ri bajarish uchun ma’lumotlarga tayanish juda muhim. Tadqiqotimiz kompaniyalarga bu ishni tez va sifatli bajarishga yordam beradi”, — deydi TRUST haqida ECOPSY Consulting kompaniyasining mahsulot bo‘yicha direktori Yekaterina Varga.

TRUST yondashuvi bilan ECOPSY Konsulting kompaniyasining rasmiy havolasi orqali tanishib, qo‘shimcha savollar jo‘natish va tadqiqot uchun buyurtma berish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.