Markaziy bankning 2024-yil 15-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12567 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 7-mart kuni belgilangan qiymatga nisbatan 64 so‘mga qimmatladi.
15-mart kuni “KDB Bank Uzbekistan” va “Orient Finans bank"da sotish kursi 12630 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12610 so‘mdan 12580 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi 12490 so‘mdan 12520 so‘mgacha yetdi. Eng arzon xarid narxi “Xalq banki” tomonidan taklif etilmoqda — 12490 so‘m.