Banklardagi ipoteka kreditlari. 2025-yil iyun oyi bo‘yicha

Mavjud 36 ta bankdan 17 tasida ipoteka krediti olish mumkin bo‘lib, o‘rtacha stavka 26%ni tashkil etadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Google dasturchisi Azim Pulat nega yirik kompaniyadan ketib, O‘zbekistonga qaytmoqda?

Meta, Amazon va Google kabi yirik kompaniyalarda faoliyat olib borgan Azim Pulat Spot’ga xalqaro kompaniyalarga ishga kirishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, u yerdagi xarajatlar, shuningdek, Maytab, 42.uz loyihalari haqida gapirib beradi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekiston birinchi sun’iy yo‘ldoshini kosmosga qachon yubormoqchi?

O‘zbekkosmos apparat ustida Yaponiyada bir guruh o‘zbekistonlik magistrantlar ish olib borishini ma’lum qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Taksichilar hech qanday cheklovlarsiz barcha hududlarda ishlay oladi — Transport vazirligi

Vazirlik hududiy cheklov bo‘yicha rasmiy izoh berib, taksi haydovchilari faoliyat hududini o‘zlari tanlashi mumkinligini, cheklov litsenziyada ko‘rsatilgan hudud uchun o‘rnatilishini ma’lum qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Sun’iy intellekt sodda tilda: u qanday ishlaydi va sizning o‘rningizni egallashi mumkin (mi)? Ekspert fikri

Hikmatilla Ubaydullaev Spot’ga sun’iy intellekt nima ekanligi, uning imkoniyatlari, mashinali o‘rganish hamda raqamli dunyoda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligining qonuniy himoyasi haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekiston may oyida oltin-valyuta zaxiralarini biroz oshirdi.
    Markaziy bankning xalqaro aktivlari bir oyda $410,2 mlnga oshib, $49,66 mlrdni tashkil etdi. O‘sish valyuta zaxiralari hisobidan ta’minlangan.
  2. Mehnat migratsiyasi, havo qatnovi hamda sun’iy intellekt: O‘zbekiston va Bolgariya nimalarga kelishib oldi?
    Toshkent va Sofiya shaharlarida savdo uylarini ochish, laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish va imtiyozli kredit liniyalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
  3. Raqobat qo‘mitasi Beeline’ga tarif shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
    Mobil aloqa operatori abonentlarga oylik abonent to‘lovi yechish vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinishini bekor qilish imkoniyatini berishi shart.
  4. O‘zbekistonda piyoz narxi bir oy ichida 40%ga arzonlashdi.
    9-maydan 6-iyungacha yangi hosil bosh piyozning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 5000 so‘mdan 3000 so‘mgacha pasaygan.
  5. Raqobat qo‘mitasi Uzum Market murojaati bo‘yicha YandexGo UB’ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
    Kompaniya Yandex Market reklama roligida insofsiz raqobat va Uzum Market’ning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishda ayblanmoqda.
  6. Sud Humans’ga Octobank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyatini yukladi.
    Bank sudga Humans’ga nisbatan da’vo arizasi kiritib, qarzdorlikni undirish va 500 mlrd so‘mdan ortiq zararni qoplashni so‘ragandi.
  7. Tuxum barak geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
    Bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.
  8. O‘zbekiston va Rossiya yirik AES qurishga kelishib oldi — OAV
    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin loyihaga o‘zgartirish kiritishgan bo‘lib, endi u bir katta va bir kichik atom elektr stansiyasini o‘z ichiga oladi.
  9. O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam rekord darajada qimmat — $122,2 mingga sotildi.
    Bitimni yakunlash uchun xaridor besh kun ichida to‘lovni amalga oshirishi va YHXBda transport vositasi raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

ABT B2, bank faoliyati uchun zamonaviy va moslashuvchan yechimlarni taklif qilmoqda

Tizim low-code dasturlash texnologiyasiga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, dasturchilar chuqur bilimga ega bo‘lmasalar ham funksionallikni kengaytirish imkoniyatiga ega.


O‘zbekistonda mijozlar harakatlarini tahlil qiluvchi bankomatlar namoyish etildi

Digital Uzbekistan forumi raqamli o‘zgarishlar sohasida tajriba almashish hamda yangi texnologiyalarni ko‘rsatish uchun markaziy maydon bo‘ldi. Tadbir davlat idoralari, IT-kompaniyalar, banklar va startaplar vakillarini bir joyga to‘pladi.


TMU PHL dasturi orqali xalqaro ta’lim imkoniyatlarini taqdim etmoqda

Dastur Toshkent Metropolitan universiteti bilan xalqaro ta’limga yo‘l olishga tayyor bo‘lgan intiluvchan 9-sinf bitiruvchilariga mo‘ljallangan.


Yo‘l haqini bir qarashda to‘lash: FacePay to‘lov tizimi Chilonzor yo‘nalishida ham ishga tushdi

Click ATTO bilan hamkorlikda Toshkent metrosida FacePay to‘lov tizimini ishga tushirdi. Endilikda metroga chipta olish uchun kassada navbatda turish shart emas.


SmartOne yechimlari qanday qilib biznes va davlatga samaraliroq faoliyat yuritishga yordam beradi

Dasturchi, ishlab chiqaruvchi hamda tizim integratori bo‘lgan SmartOne savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun keng qamrovli moliyaviy yechimlarni taklif etadi. Bu esa kompaniyalarga yangi samaradorlik darajasiga erishishda ko‘maklashadi.