E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Ma’lumotlar banklar va xizmatlarning rasmiy veb-saytlari maʼlumotlaridan, shuningdek, call-markaz operatorlari va boshqa xizmat ko‘rsatish kanallari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot UZCARD, HUMO to‘lov tizimining bank kartalari o‘rtasida va UZCARD kartasidan HUMO’ga pul o‘tkazishda komissiyalarni o‘rganib chiqdi.
Shu bilan birga, mobil ilovaga ulangan o‘z kartalari va uchinchi tomon banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalari uchun komissiyalar hisobga olindi.
O‘zbekistondagi to‘lov xizmatlari, an’anaviy va raqamli banklarning mobil ilovalaridagi pul o‘tkazmalari shartlarini solishtirdik. Mobil ilovada kartadan kartaga o‘tkazish imkoniyatidan mamlakatdagi 10 ta to‘lov xizmati va 27 ta bank foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.
To‘lov xizmatlari
Humans O‘zbekistondagi istalgan banklarning UZCARD va HUMO kartalari o‘rtasida bepul pul o‘tkazmalarini taklif etadi. Oddiy foydalanuvchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha, Humans abonentlari uchun esa 5 mln so‘mgacha bepul o‘tkazish mumkin. Undan keyin komissiya 0,49% ni tashkil etadi. “Super VIP” tarifida esa bepul o‘tkazma chegarasi oyiga 10 mln so‘mga teng.
Alif’da ham oylik chegara uch bosqichga bo‘lingan: 3 mln so‘mgacha komissiya 0,29%, 3 mlndan 7 mln so‘mgacha — 0,39% va 7 mln so‘mdan yuqori — 0,49% ni tashkil etadi. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun alohida 1 mln so‘mlik limit joriy qilingan. Ushbu limit doirasidagi pul o‘tkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi.
Paynet “Transfer” paketi doirasida 3 mln so‘mgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini bepul amalga oshirish imkonini beradi. Ilovada 500 ta tanga to‘plansa, bu limitni 5 mln so‘mgacha ko‘tarish mumkin. Ilova orqali sarflangan har 1000 so‘m uchun 1 tanga hisobga qo‘shiladi.
To‘lov xizmati nomi | UZCARD/UZCARD UZCARD/HUMO | HUMO/HUMO | O‘z kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari |
0−0,49% | |||
0,29−0,49% | |||
0,6% | |||
0,4% | 0,1% | - | |
0,5% | |||
0,5% | 0,1% | - | |
1% | |||
1% | |||
UPay * | 1% | ||
0,5% | - |
*UPay xizmatida ro‘yxatdan o‘tmasdan so‘m kartasini ulash va kartalar o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin emas.
Banklar
Quyidagi jadvalda an’anaviy va raqamli banklarning mobil ilovalaridagi pul o‘tkazmalari uchun belgilangan komissiyalar ko‘rsatilgan. Ko‘pchilik banklarda bu komissiyalar 0,5% ni tashkil etadi. TBC Bank’da eng yuqori stavka 1,5% ga yetadi.
O‘tgan yili Davrbank boshqa banklar kartalari o‘rtasida foizsiz komissiyalar uchun 3,5 mln so‘mgacha, bankning shaxsiy kartalari egalari uchun esa 5 mln so‘mgacha bo‘lgan chegarani belgiladi.
Uzum Bank Uzum kartalaridan boshqa banklarning kartalariga pul o‘tkazmalari uchun 0,50%, boshqa banklar kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun esa 0,70% miqdorida haq oladi.
Agrobank va Tenge Bankda 10 mln so‘mgacha, Hamkorbankda esa 5 mln so‘mgacha pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirish mumkin.
KDB Bank Uzbekistanda pul o‘tkazmalari mutlaqo bepul.
Biznesni rivojlantirish bankida oylik limitlar mavjud bo‘lib, ulardan oshib ketganda 0,5% miqdorida komissiya undiriladi. Bank ichidagi kartalar o‘rtasida 100 mln so‘mgacha, boshqa banklarga 10 mln so‘mgacha, boshqa banklardan Biznesni rivojlantirish banki kartalariga 5 mln so‘mgacha pul o‘tkazish bepul amalga oshiriladi. Elektron hamyonlardan bankga pul o‘tkazish har qanday holatda bepul hisoblanadi.
Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.
Bank nomi | UZCARD/UZCARD UZCARD/HUMO | HUMO/HUMO | O‘z kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari |
0,50% | 0% | ||
0,35% | |||
0,5% | 0% | ||
0,5% | 0% | ||
0,4% | |||
0,5% | 0% | ||
0- 0,50% | 0% | ||
0,5% | 0,40% | ||
0−0,40% | |||
Hamkorbank | 0−0,5% | 0% | |
Hayotbank* | 0,50% | 0% | |
0,5% | 0% | ||
0,5% | 0,3% | 0% | |
0,75% | 0% | ||
0,7% | |||
0% | |||
0,5% | 0,1% | 0% | |
0,5% | 0% | ||
0,50% | 0,10% | ||
0,3−0,4% | 0% | ||
1,5% | 0% | ||
0,3% | 0% | ||
0,5% | 0,25% | ||
0,50−0,70% | 0% | ||
O‘zmilliybank*** | 0,5% | 0% | |
O‘zsanoatqurilishbank | 0,5% | 0,25% | |
Xalq banki* | 0−0,5% | 0% | |
Ziraat Bank Uzbekistan | 0,5% |
* — Pasport ma’lumotlari va selfi fotosuratini kiritmasdan, bank kartalarini ulash va kartalar o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin emas. Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan.
** — Kartalarni OFB ilovasiga ulash uchun sizda bank tomonidan chiqarilgan karta bo‘lishi kerak.
*** — Bankning ish haqi bo‘yicha mijozi bo‘lganda 10 mln so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalar yuborish mumkin.