Abdumannop Buriyev prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes-ombudsman) lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi edi.
Buriyev 1986-yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2011-yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Shu bilan birga, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Avvalgi biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov bu lavozimda qariyb sakkiz yil ishlagan, bungacha u prokuratura organlarida 14 yil ishlagan. U 2025 yil mart oyida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq Spot Abdug‘ani Sanginov O‘zbekneftgaz raisi etib tayinlangani haqida yozgandi.
O‘zbekgidroenergoning sobiq rahbari boshqa ishga o‘tgan Bahodirjon Sidiqov o‘rnini egalladi.
