Google hammuassis Larri Peyj milliarderlarga soliq solish rejasi tufayli Kaliforniyani tark etishga qaror qildi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Peyj yangi 5%lik yig‘imdan xavotirlanib, o‘z biznes aktivlarining bir qismini boshqa shtatlarga ko‘chirish jarayonini allaqachon boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Peyj 2026-yilda milliarderlar uchun taklif etilgan soliq haqidagi qaror munosabati bilan o‘zining biznes aktivlarining bir qismini Kaliforniyadan ko‘chirish ishlarini boshlagan.Uning o‘zi allaqachon shtatni tark etgan.

Qayd etilishicha, Google hammuassisi Delaverdagi bir nechta kompaniyalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Ular orasida Koop oilaviy ofisi, Flu Lab tadqiqot laboratoriyasi, Dynatomics aviakompaniyasi va One Aero uchar avtomobillarni ishlab chiqish startapi bor.

Avvalroq milliarder boylar uchun taklif etilayotgan soliq sababli shtatni tark etishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi. Ushbu soliq $1 mlrddan ortiq aktivlarga 5%lik soliq solishni nazarda tutadi.

Bu tashabbusga PayPal rahbarlaridan biri Devid Saks, Oculus Rift virtual reallik shlemi ixtirochisi, Palmer Laki va Reddit ijtimoiy tarmog‘i hammuassisi Aleksis Ohanyan ham qarshilik bildirgan.

2024-yilda Larri Peyj Karib dengizidagi Puerto-Riko yaqinidagi Kayo Norte orolini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Nashrga ko‘ra, Peyj orolni 2018-yilda $32 mlnga sotib olgan. Kayo Nortening maydoni 1,2 kvadrat kilometrni tashkil qilib, bu Puerto-Rikodagi eng katta xususiy orol hisoblanadi.

Peyj 2019-yilda Google kompaniyasiga tegishli “Alphabet” korporatsiyasining bosh direktori lavozimidan ketdi.

U hali ham uning direktorlar kengashida ishlaydi, ammo kompaniya hayotidagi faol ishtirokidan uzoqlashdi.


Avvalroq SpotIlon Maskning boyligi birinchi marta $700 mlrddan oshgani haqida yozgandi.