Mahalliy servislar

Allplay

Obuna narxi: 30 000 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Allplay — filmlar, seriallar va telekanallarga kirish imkonini beruvchi platforma. 2025-yil dekabr oyida Yandex Uzbekistan Allplay xizmatini sotib oldi. Shunga qaramasdan Allplay o‘z nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Platformadan Start, Amediateka, HBO va boshqalarning filmlari, seriallari hamda 90 dan ortiq telekanallar joy olgan.

Obunalar va paketlar

Yandex Plus — Kinopoisk onlayn kinoteatri va boshqa servislar uchun obuna.

  • Narxi: oyiga 15 900 so‘m.

Yandex Plus Multi — Plus obunasi imkoniyatlari hamda yana 3 nafargacha qo‘shimcha foydalanuvchini ulash imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 29 900 so‘m.

Plus Amediateka bilan — Amediateka kontentlarini ham o‘z ichiga olgan kengaytirilgan paket.

  • Narxi: oyiga 44 000 so‘m.

Funksionallik va shartlar

Yandex bilan amalga oshirilgan kelishuvdan so‘ng, endilikda AllPlay platformasiga faqat Yandex ID orqali kirish mumkin. Boshqa avtorizatsiya usullari mavjud emas.

Platformada tasvir sifatini qo‘lda sozlash yoki internet tezligiga qarab tasvir sifatini avtomatik rejimda aniqlash mumkin. Kontentni qurilmaga yuklab olib, internetsiz ko‘rish ham mumkin. Ayrim telekanallarda esa tilni tanlash funksiyasi mavjud.

Servis brauzer orqali, shuningdek Android, iOS va Smart-TV uchun mo‘ljallangan ilovalar yordamida ishlaydi.


Cinerama

Obuna narxi: 20 000 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Cinerama — Turon Telecom kompaniyasining filmlar, seriallar, multfilmlar va telekanallarni tomosha qilish imkonini beruvchi videoplatforma hisoblanadi. Servis katalogidan 33 mingdan ziyod turli janrdagi kontentlar o‘rin olgan.

Obunalar va paketlar

Standard — 30 mingga yaqin film va seriallar, barcha telekanallar hamda multfilmlar arxivi.

  • Narxi: oyiga 20 000 so‘m yoki yiliga 240 ming so‘m.

Max — standard paketidagi barcha imkoniyatlar bilan birga, yanada ko‘proq film va seriallarni o‘z ichiga oladi.

  • Narxi: oyiga 40 000 so‘m yoki yiliga 480 ming so‘m.

Premium — servisning barcha kontentlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 49 900 so‘m yoki yiliga 598 ming so‘m.

Standard va Premium obunalarini ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng birinchi oyni 900 so‘mga faollashtirish mumkin.

Qo‘shimcha obunalar:

  • Amediateka, Wink va Start — har biri oyiga 16 000 so‘mdan.
  • Mahalliy film va seriallar — oyiga 10 000 so‘m.
  • 180 ta telekanaldan iborat paket — oyiga 29 000 so‘m.
  • Setanta Sports — oyiga 16 999 so‘m.

Imkoniyatlar va shartlar

Kontentni janrlar va tasvir sifati bo‘yicha saralash mumkin. Shuningdek, filmlarni qurilmaga yuklab olib, internetsiz tomosha qilish imkoniyati mavjud. Platformada teleko‘rsatuvlar yozuvi, multfilmlar, anime hamda o‘zbek va ingliz tillaridagi filmlar jamlangan.

Videolarni tomosha qilish uchun ro‘yxatdan o‘tib avtorizatsiya qilish zarur.


Click TV

Obuna narxi: 15 000 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Click TV — Click kompaniyasining litsenziyalangan kontentni bevosita mualliflik huquqi egalaridan taqdim etuvchi striming platformasidir. Servis o‘z ichiga 10 ta onlayn kinoteatr, 170 dan ortiq telekanal hamda o‘zbek tiliga dublyaj qilingan xorijiy film va seriallarni oladi.

Telekanallarning bir qismini obuna rasmiylashtirmasdan bepul tomosha qilish mumkin.

Obunalar va paketlar

Lite — faqat telekanallarni tomosha qilish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 9 900 so‘m.

Optimum — barcha telekanallar hamda Premier, RizaNova, MT va Uzbekcha kinoteatrlariga kirish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 19 900 so‘m.

Premium — platformaning barcha kontentlarini o‘z ichiga olgan to‘liq katalog.

  • Narxi: oyiga 39 900 so‘m.

Setanta Sports — 16 999 so‘m.

Dastlabki obunani 1 000 so‘mga faollashtirish mumkin.

Imkoniyatlar va shartlar

Servisdan iOS, Android qurilmalari hamda Smart-TV orqali foydalanish mumkin.

Saytda videolarni tomosha qilish uchun tizimga kirish va obunani rasmiylashtirish talab etiladi.

Tomosha qilish jarayonida tilni va tasvir sifatini tanlash imkoniyati mavjud. Shuningdek, telekanallar bo‘limida ko‘rsatuvlar jadvali va teledasturlar taqdim etiladi.


ITV

Obuna narxi: 19 000 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

ITV — filmlar, seriallar, telekanallar, yangiliklar va ko‘ngilochar kontentlarni taqdim etuvchi striming platforma. Servisda, shuningdek, turli translyatsiyalarni jonli efirda kuzatish uchun “Live” bo‘limi ham mavjud.

Obunalar va paketlar

Premium — platformaning to‘liq katalogi, jumladan, Amediateka, Premier, Start kontentlari hamda o‘zbek tilidagi filmlar.

  • Narxi: oyiga 59 000 so‘m.

Pro — Premium paketiga o‘xshash, biroq film va seriallar bazasi biroz qisqartirilgan tarif.

  • Narxi: oyiga 39 000 so‘m.

Lite — 120 ta telekanal hamda film va seriallar bazasining qariyb yarmini qamrab oladi.

  • Narxi: oyiga 19 000 so‘m.

Qo‘shimcha obunalar

  • Mahalliy film, serial va teleko‘rsatuvlar — oyiga 10 000 so‘m.
  • Setanta Sports — oyiga 16 900 so‘m.
  • Start — oyiga 16 000 so‘m.
  • Premier — oyiga 15 000 so‘m.
  • Ikkita qo‘shimcha qurilmani ulash — 10 000 so‘m.

Imkoniyatlar va shartlar

Tizimga bir vaqtning o‘zida uchta qurilmadan, jumladan Smart-TV orqali kirish imkoniyati mavjud.

Videolarni tomosha qilish uchun servisda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Platformada filmlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tomosha qilish, shuningdek, subtitrlarni yoqish imkoniyati mavjud. Telekanallar bo‘limida har bir kanalning kunlik ko‘rsatuvlar jadvali taqdim etiladi.


Kinoman

Obuna narxi: 20 000 so‘m.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Kinoman — Sarkor Telecom kompaniyasining videoservisi. Obuna rasmiylashtirgan foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida Kinoman onlayn kinoteatri va Sarkor.TV IP-televideniyesi xizmatidan foydalanishi mumkin. Ayrim telekanallar esa bepul taqdim etiladi.

Obunalar va paketlar

Platformada servisning barcha kontentini o‘z ichiga olgan yagona tarif paketi mavjud bo‘lib, uning narxi oyiga 20 000 so‘mni tashkil etadi.

Ro‘yxatdan o‘tganingizda, xizmat imkoniyatlaridan foydalanish uchun 30 kunlik bepul obuna taqdim etiladi.

Imkoniyatlar va shartlar

Platformadan videolarni yuklab olib, internetsiz tomosha qilish mumkin. Shuningdek, tizim ko‘rilgan filmlar tarixiga asoslanib tavsiyalar berib, foydalanuvchilarga shaxsiy ro‘yxatlarini yaratishga yordamlashadi.

Kinoman va Sarkor.TV xizmatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya zarur.

Bitta obuna doirasida kontentni bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmada tomosha qilish mumkin.


TVCOM

Obuna narxi: 19 000 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

TVCOM — telekanallar hamda boy film va seriallar bazasini taqdim etuvchi videoplatforma. Servisdan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib bepul foydalanish imkoniyati mavjud emas. Platforma brauzer, mobil ilovalar hamda Smart-TV tizimlari orqali ishlaydi.

Obunalar va paketlar

Mini — 110 dan ortiq telekanalni o‘z ichiga olgan asosiy paket.

  • Narxi: oyiga 19 000 so‘m.

Basic — platformadagi barcha telekanallar va 5 ta hamkor onlayn kinoteatrdan foydalanish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 39 000 so‘m.

Maximum — telekanallarning to‘liq bazasi va 7 ta onlayn kinoteatrga ulanish.

  • Narxi: oyiga 59 000 so‘m.

Premium — servis katalogidagi barcha resurslardan to‘liq foydalanish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 79 000 so‘m.

Yangi foydalanuvchilar xizmatni 10 kun davomida bepul sinab ko‘rishlari mumkin.

Qo‘shimcha obunalar

  • Setanta Sports — oyiga 16 900 so‘m.
  • Megogo, Viju, Tvigle va Disney kinoteatrlari — 10 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha.
  • Premium TV (telekanallar bazasi) — oyiga 25 000 so‘m.

Imkoniyatlar va shartlar

Platforma videolarni qurilmaga yuklab olish va ularni internetga ulanmasdan tomosha qilish imkonini beradi. Telekanallar bo‘limida efirni to‘xtatib turish yoki o‘tib ketgan ko‘rsatuvlarni 7 kunlik arxiv orqali qayta ko‘rish mumkin.

Kontentni tomosha qilish uchun ro‘yxatdan o‘tib, profilga kirish talab etiladi.

Bitta obuna doirasida bir vaqtning o‘zida beshta qurilmadan ulanish imkoniyati mavjud.


OVVA-TV

Obuna narxi: 15 000 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

OVVA — telekanallar, film va seriallar jamlangan videoplatformadir. Servis Ucell mobil operatori bilan integratsiya qilingan. Undan foydalanish shartlari va narxi tanlangan tarif rejasi yoki xizmatlar paketiga bog‘liq. Videolarni tomosha qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish va obunani rasmiylashtirish talab etiladi.

Obuna bo‘lmasdan bepul tomosha qilish imkoniyati mavjud emas.

Obunalar va paketlar

OVVA TV — 100 tagacha telekanal.

  • Narxi: oyiga 15 000 so‘m.

OVVA TV Plus — 140 tagacha telekanal.

  • Narxi: oyiga 25 000 so‘m.

OVVA KinoMax — 180 tagacha telekanal hamda Rizanova, SalomTV va UnitedSoft platformalarining videokontentiga kirish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga 35 000 so‘m.

Shuningdek, qo‘shimcha ravishda Setanta Sports, Rizanova, Start va Premier platformalarining kontentlariga oyiga 9 000 so‘mdan 16 900 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda obuna bo‘lishingiz mumkin.

Imkoniyatlar va shartlar

Servis telekanallar hamda film va seriallar bazasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Videolarni tomosha qilish uchun telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib tizimga kirish talab etiladi.

Ucell abonentlari uchun platformadagi kontentni tomosha qilishda internet-trafik sarflanmaydi. Barcha paketlar bir vaqtning o‘zida beshta qurilmadan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.


Frame

Obuna narxi: oyiga 32 500 so‘mdan boshlanadi.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Frame — film, serial, multfilmlar va taʼlimiy kontentlarning professional dublyajiga ixtisoslashgan o‘zbek onlayn kinoteatri va videoplatformasidir. Servis mahalliy media-ekotizim tarkibiga kirib, o‘zbek tilidagi dublyajni faol rivojlantirib kelmoqda. Ro‘yxatdan o‘tganingizda, 30 kunlik bepul obuna muddati taqdim etiladi.

Obunalar va paketlar

Frame’da yagona Premium obuna varianti mavjud bo‘lib, u barcha film, serial va telekanallar bazasidan foydalanish imkonini beradi. Paket narxi — oyiga 32 500 so‘m.

Shuningdek, bir vaqtning o‘zida ulanadigan qurilmalar sonini 3 tadan 5 tagacha oshiruvchi qo‘shimcha “Qurilma” xizmatini ulash imkoniyati bor. Bu xizmat oyiga 10 000 so‘mga tushadi.

Funksionallik va shartlar

Platforma filmlar, seriallar, multfilmlar va ta’limiy kontentni ovozlashtirish tilini tanlash imkoniyati hamda professional o‘zbekcha dublyaj bilan taqdim etadi. Tomosha qilish telefon raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgach faollashadi. Xizmat imkoniyatlari videoni oflayn tomosha qilish uchun yuklab olish, Smart-TV, Android va iOS orqali ko‘rishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, servis o‘z brendi ostidagi Smart-TV qurilmalarini sotib olishni ham taklif etadi.


Xalqaro va Rossiya servislari

Okko

Obuna narxi: oyiga 399 rubldan (60 000 so‘m).

kino, platformalar, striming xizmatlari

Okko — 2009-yilda tashkil etilgan Rossiya striming platformasi. Servis o‘z foydalanuvchilariga filmlar, seriallar va multfilmlarning boy bazasini taklif etadi.

Obunalar va paketlar

Okko — videokontentlardan foydalanish uchun bazaviy obuna.

  • Narxi: oyiga 399 rubl (taxminan 60 000 so‘m).

Okko Premium — Start va Amediateka platformalarini ham o‘z ichiga oluvchi kengaytirilgan paket.

  • Narxi: oyiga 799 rubl (taxminan 120 ming so‘m).

Obunalarni xohishingizga qarab 1, 3 yoki 12 oy muddatga rasmiylashtirishingiz mumkin.

Imkoniyatlar va shartlar

Videolarni tomosha qilish saytda yoki ilovada ro‘yxatdan o‘tib, obuna rasmiylashtirilgandan so‘ng foydalanishga ochiladi. Kontentni Smart-TV, brauzer, mobil qurilmalar va maxsus ilovalar orqali ko‘rish mumkin.


Аmediateka

Obuna narxi: 79 000 so‘m.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Amediateka — xorijiy seriallar va filmlar katalogiga ega striming platformasi. Servis HBO, Showtime, Starz va boshqa studiyalarning kontentlarini namoyish etish bo‘yicha huquqlarga ega, shuningdek, o‘zining shaxsiy va mahalliylashtirilgan loyihalarini taqdim etadi.

Platformada barcha kontentlardan foydalanish imkonini beruvchi yagona obuna amal qiladi. Uning narxi — oyiga 79 000 so‘m.

Yangi foydalanuvchilar uchun 7 kunlik bepul sinov muddati mavjud.

Imkoniyatlar va shartlar

Bitta akkauntga beshtagacha qurilmani ulash mumkin. Servis mobil qurilmalar, Smart-TV, pristavkalar va kompyuterlarda ishlaydi.

Shuningdek, platformada yangiliklar, intervyular va longridlar joylangan shaxsiy blog mavjud. Videolarni faqat ro‘yxatdan o‘tib, obuna rasmiylashtirgandan keyin tomosha qilish mumkin.


Ivi

Obuna narxi: oyiga $1 (taxminan 13 000 so‘m).

kino, platformalar, striming xizmatlari

IVI — Rossiya va chet elda ishlab chiqarilgan film, serial hamda multfilmlar katalogiga ega striming platformasi. Kontentning bir qismini reklama bilan bepul tomosha qilish mumkin, ayrim yangi filmlarni esa alohida sotib olish imkoniyati mavjud.

Obunalar va paketlar

Izi IVI — servisning to‘liq katalogidan faqat mobil ilova orqali va bitta qurilmada foydalanish imkoniyati.

  • Narxi: oyiga $1 (taxminan 13 000 so‘m).

IVI obunasi — barcha kontentlardan istalgan qurilma orqali foydalanish va beshtagacha qurilmani ulash imkoniyati.

  • Narxi: oyiga $1,49 (taxminan 19 000 so‘m).

IVI + Start — Start onlayn kinoteatri bilan kengaytirilgan katalog.

  • Narxi: oyiga $1,99 (taxminan 25 500 so‘m).

Yangi foydalanuvchilar uchun bir oylik bepul obuna muddati mavjud.

Qo‘shimcha obunalar

  • Start studiyasi kontentlari — oyiga $2,99 (taxminan 38 500 so‘m).

Shuningdek, platformada filmlarni alohida sotib olish imkoniyati ham bor. Filmlar narxi $1,99 dan boshlanadi.

Imkoniyatlar va shartlar

Platformada reklama bilan bepul ko‘rish mumkin bo‘lgan kontentlar mavjud. Obuna orqali tomosha qilish yoki filmlarni sotib olish xizmatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va tizimga kirish talab etiladi. Servis mobil qurilmalar, Smart-TV va brauzer orqali ishlaydi.


Kinopoisk

Obuna narxi: 9 000 so‘mdan boshlab.

kino, platformalar, striming xizmatlari

Kinopoisk — rus tilidagi kino servisi bo‘lib, 2018-yildan boshlab unda onlayn kinoteatr ham mavjud. Platforma nafaqat videokontent, balki filmlar va seriallar haqidagi ma’lumotlar bazasini ham taqdim etadi: reytinglar, sharhlar, ijodiy jamoa va aktyorlar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, premyera afishalari.

Obunalar va paketlar

Onlayn kinoteatrga kirish Yandex ekotizimi obunalari orqali taqdim etiladi:

Yandex Plus — “Kinopoisk” va boshqa servislar uchun kirish.

  • Narxi: oyiga 15 900 so‘m.

Yandex Plus Multi — xuddi shu imkoniyat, ammo 3 ta qo‘shimcha foydalanuvchini ulash mumkin.

  • Narxi: oyiga 29 900 so‘m.

Plus + Amediateka — kengaytirilgan paket, Amediateka kontentiga ham kirish imkonini beradi.

  • Narxi: oyiga taxminan 44 000 so‘m.

Yandex Plus va Yandex Plus Multi paketlari Amediateka kontentini o‘z ichiga olmaydi.

Funksiyalar va shartlar

Ba’zi videomateriallar O‘zbekistonda ko‘rish uchun ochiq bo‘lmasligi mumkin — ayrim kontentlarda “Ko‘rish” tugmasi chiqmaydi.

Yandex Uzbekistan tomonidan AllPlay xarid qilingach, ushbu servis har bir obunaning tarkibiga kiritildi. Endilikda har bir xizmat uchun alohida obunani rasmiylashtirish shart emas — obuna butun ekotizim uchun umumiy hisoblanadi.


Megogo

Obuna narxi: $2 dan (taxminan 26 000 so‘m).

kino, platformalar, striming xizmatlari

Megogo — filmlar, seriallar, telekanallar, shuningdek, audiokitoblar va podkastlarni taklif etuvchi striming platforma. Servis bir nechta tillarda interfeys va kontentning bir necha tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

Obunalar va paketlar

TV va Kino — 96 ta kanal, pleylistlar hamda film va seriallar kolleksiyasi.

  • Narxi: 29 000 so‘m. Dastlabki 14 kun davomida obuna narxi 999 so‘mni tashkil etadi.

TV, kino va Setanta Sports — yuqoridagiga o‘xshash paket, ammo qo‘shimcha kanallar hamda Setanta Sports 1 va 2 kanallarini o‘z ichiga oladi.

  • Narxi: 35 000 so‘m. Dastlabki 7 kun — 999 so‘m.

Qo‘shimcha obunalar

  • Setanta Sports — oyiga 16 900 so‘m.
  • Smartass — sport klubidan mashg‘ulotlar oyiga 259 so‘m.

Filmlarni yakka tartibda sotib olish yoki ijaraga olish — 11 900 so‘mdan boshlanadi.

Funksiyalar va shartlar

Platforma videomateriallarni oflayn rejimda ko‘rish uchun saqlash imkoniyatini taqdim etadi. Megogo foydalanuvchilar uchun sodiqlik dasturiga ega: servisdan foydalanish jarayonida bonus ballar to‘plab, ularni platforma ichida turli sovg‘alarga almashtirish mumkin.


Netflix

Obuna narxi: €7,99 dan (taxminan 112 ming so‘m)

kino, platformalar, striming xizmatlari

Netflix — filmlar, seriallar, animatsiyalar va bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar jamlangan xalqaro striming platforma. Servis nafaqat jahon durdonalarini, balki o‘zining eksklyuziv loyihalarini hamda dunyoning turli mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahalliylashtirilgan mahsulotlarini ham taqdim etadi.

Obunalar va paketlar

Bazaviy — 1 ta qurilmada reklamasiz tomosha qilish imkoniyati. Tasvir sifati HD (720p) gacha, kontentni 1 ta qurilmaga yuklab olish mumkin.

  • Narxi: oyiga €7,99 (taxminan 113 ming so‘m).

Standart — bir vaqtning o‘zida 2 ta qurilmada tomosha qilish imkoniyati. Tasvir sifati Full HD (1080p), kontentni 2 ta qurilmaga yuklab olish mumkin.

  • Narxi: oyiga €9,99 (taxminan 142 ming so‘m).

Premium — bir vaqtning o‘zida 4 tagacha qurilmada tomosha qilish imkoniyati. Tasvir sifati 4K + HDR, Netflix Spatial Audio (fazoviy ovoz) tizimi qo‘llab-quvvatlanadi. Kontentni 6 ta qurilmaga yuklab olish mumkin.

  • Narxi: oyiga €11,99 (taxminan 170 ming so‘m).

Premium obunasi to‘rtta qurilmada tomosha qilish va oltitagacha qurilmada akkauntga kirish imkonini beradi.

Imkoniyatlar va shartlar

Platforma kontentni qurilmaga yuklab olish va ularni internetga ulanmagan holda tomosha qilish imkonini beradi. To‘lovlar Visa, MasterCard va American Express xalqaro bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Xizmatlardan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va obunani faollashtirish zarur.