E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


Spot O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Hozirda mavjud 35 ta bankdan 26 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular 6 oydan uch yilgacha saqlanadi.

Oflayn omonat ochish uchun minimal miqdor $10ni, onlayn omonat uchun esa $50ni tashkil etadi. Dastlabki badalning o‘rtacha miqdori — $100.

Orient Finans Bank va Garant Bankda omonat ochish uchun talab qilinadigan eng minimal omonat miqdori $5000ni tashkil etadi. Biroq shartlar farq qiladi: Garant Bankda foiz stavkasi yillik 8%gacha yetsa, Orient Finans Bankda bu ko‘rsatkich atigi 2,5%ni tashkil etadi.

Aksariyat banklarda omonatni muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati mavjud. Biroq, bunday holatlarda hisoblangan foizlar yillik atigi 1−2% stavkadan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi yoki omonatning umumiy summasidan ushlab qolinadi.

Universalbank, Trastbank, InfinBank, Anorbank va O‘zsanoatqurilishbank omonatni dastlabki 12 oy davomida, Apex Bankda esa faqat dastlabki 6 oy davomida to‘ldirishga ruxsat beradi.

Maqola chop etilgan vaqtda chet el valyutasidagi omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni Garant Bank taklif etmoqda — omonat muddati 13 oygacha bo‘lganda yillik 8%. Davrbank va Universalbank esa 7,5% dan taklif qilmoqda. Eng past stavkalarni Orient Finans Bank (2,5%) va Ipak Yo‘li Bank (3%) taklif qilmoqda.

Agrobank, TBC Bank va O‘zmilliybankda foiz stavkalari omonat ochish muddati va turiga bog‘liq.

Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi.

Bank nomi

Foiz stavkasi

Minimal summa

Muddatiy (oy)

Ochish usuli

To‘ldirish

Qisman yechib olish

Garant Bank

8%

$5000

13

oflayn

3 oygacha

Yo‘q

Universalbank

7,5%

$200

18

oflayn

12 oygacha, minimum $200

Yo‘q

Davrbank

7,5%

$100

25

onlayn/oflayn

Bor

Yo‘q

Hayot Bank
7%
$100
18
onlayn/oflayn
Bor, $100
Bor, $100 qoldiq bilan
Apexbank
7%
$500
24
onlayn/oflayn
Bor
Bor, $500 qoldiq bilan

Turonbank

7%

$100

18

onlayn/oflayn

Bor

Bor

Trastbank

7%

$1000

24

oflayn

12 oygacha

Bor, $1000 qoldiq bilan

O‘zsanoatqurilishbank
7%
$500
18
onlayn/oflayn
Yo‘q
Yo‘q

Agrobank*

6−7%

$100

13−24

onlayn/oflayn

Yo‘q

Yo‘q

Infin Bank
6,5%
$1000
24
onlayn/oflayn
Bor
Bor

Aloqabank

6,5%

$100

24

onlayn

Bor

Bor

TBC Bank

5,5−6,5%

$100

13−24

onlayn/oflayn

Bor

Yo‘q

Poytaxtbank
6%
$500
12
oflayn
Yo‘q
Yo‘q
Anorbank
6%
$1000
24
onlayn
Yo‘q
Yo‘q

Hamkorbank

6%

$1000

15

oflayn

Bor

Bor

Mybank

6%

$100

13

oflayn

Bor

Bor

Biznesni rivojlantirish banki

6%

$100

13

onlyan/oflayn

Bor

Bor, $100 qoldiq bilan

Mikrokreditbank
5%
$1000
24
oflayn
Bor
Yo‘q

Ziraat Bank Uzbekistan

5%

$500

24

oflayn

Yo‘q

Yo‘q

O‘zmilliybank

3,25−5%

$50

3−18

onlayn/oflayn

Bor

Yo‘q

Asia Alliance Bank

5%

$500

18

onlayn

Bor

Bor

Asakabank

5%

$50

24

onlayn/oflayn

Bor

Yo‘q

Xalq banki

4,5%

$10

18

oflayn

Bor

Yo‘q

Tenge Bank
4%
$100
6

onlayn/oflayn

Bor
Yo‘q

Kapitalbank

4%

$500

36

onlayn/oflayn

Bor

Bor

Ipak yo‘li banki

3%

$500

6−12

oflayn

Yo‘q

Bor

Orient Finans Bank

2,5%

$5000

500 kun

oflayn

Yo‘q

Bor

* — 13 oylik omonat: oflayn — 6%, onlayn — 6,5%; 24 oylik omonat: oflayn — 6,5%, onlayn — 7%.