TikTok yaqin haftalar ichida butun Yevropa bo‘ylab yoshni aniqlashning yangi texnologiyasini joriy etishni boshlaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tekshiruv 13 yoshdan kichik bolalarga tegishli hisoblarni aniqroq aniqlash va o‘chirishni talab qilayotgan nazorat organlarining ta’siri bilan bog‘liq.
U profil ma’lumotlari, joylashtirilgan videolar va foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilib, hisobning voyaga yetmagan shaxsga tegishli ekanligini bashorat qiladi.
TikTok vakillari ta’kidlashicha, ushbu texnologiya bilan aniqlangan hisoblar avtomatik ravishda to‘sib qo‘yilmaydi, balki mutaxassis moderatorlar tomonidan tekshiriladi.
Ushbu funksiyaning joriy etilishi Yevropa rasmiylarining platformalarda foydalanuvchilar yoshini qat’iy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalariga muvofiq tekshirilishiga bo‘lgan jiddiy e’tibori fonida sodir bo‘lmoqda.
Bunga sabab, hozirgi yondashuvlar yo samarasiz, yo haddan tashqari shaxsiy ma’lumotlarga aralashuv, degan xavotirlar mavjud.
O‘tgan yili Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqladi. Yevropa parlamenti esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun yosh cheklovlarini joriy etishni talab qilmoqda.
Daniya 15 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi.
Buyuk Britaniyadagi sinov loyihasi natijasida 13 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning minglab qo‘shimcha hisoblari o‘chirib tashlandi.
Avvalroq TikTok’ni AQSH kompaniyalariga sotish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida xabar berilgandi.
Kompaniyaning Amerika biznesi TikTok USDS Joint Venture tasarrufiga o‘tib, uning tarkibiga Oracle, Silver Lake va Abu-Dabi MGX davlat investitsiya fondi kiradi.
