Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan, Orifjon Fayziyev qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Qaror bilan, shuningdek, Nozimbek Rustambekov qo‘mita raisiga o‘rinbosar bo‘ldi.
Bunga qadar u Adliya vazirligida Huquqni qo‘llash departamenti rahbari bo‘lgan.
Prezidentning 2025-yil 19-noyabrdagi farmoni bilan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etilgandi. Qo‘mitaga Sherzod Kudbiyev rais etib tayinlangandi.
3-fevral kuni prezident urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishgan edi.
Avvalroq O‘zbekistonda qurilish sohasida ruxsat olish jarayonlari tezlashtirilishi haqida xabar berilgandi.
