Jizzax viloyatida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq jinoiy holat fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Baxmal tumani, Sangzor mahallasida yashovchi 51 yoshli shaxs o‘zi yashayotgan qishloqdagi Baxmal tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yerni boshqa fuqaroga sotmoqchi bo‘lgan.
Gumonlanuvchi yerni keyinchalik yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilishini vaʼda qilgan.
U yerni $50 mingga sotish bo‘yicha kelishuvga erishib, oldindan 400 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Buxoroda $600 ming evaziga davlat zaxirasidagi yerni olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
