Prezident farmoni bilan Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
Bungacha u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Hilola Umarova 1988-yil 9-avgust sanasida Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. U 2010-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichi, 2013-yil esa ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.
Faoliyati davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri lavozimida ishlagan. 2020-yil oktabrda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga rahbar etib tayinlangan.
U 2022-yil dekabridan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatida ishlagan. 2025-yil iyul oyida prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tegishli farmon bilan Ilxom Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siradjev 2025-yil sentabr oyidan beri Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimida ishlayotgandi.
U 2006−2017-yillarda Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahri o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017−2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Ta’limda menejment yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Avvalroq Spot Toshkent shahar soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani haqida yozgandi.
