Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar va ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqiladi.

Unda yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil maʼlumotlarni aks ettiruvchi Yangi ishlanmalar bazasi tashkil etiladi.

Shuningdek, ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reyestri yuritiladi. Bu ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq va shaffof maʼlumotlar maydoni bo‘ladi.

Tadbirkorlar o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolari kiritish mumkin yaratiladi.

2026-yil 1-avgustgacha Maxsus platforma Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi elektron platformasiga integratsiya qilinadi.

Spot, avvalroq, 2025-yilda tadbirkorlar qanday muammolarga duch kelgani haqida yozgandi.