Bu sohaning asosiy muammosi — kriptoaktivlardan kriptobirjalardan tashqarida foydalanishning qiyinligini hal qiladi.

Qo‘lda ayirboshlash davri tugamoqda

Tarixan, maishiy hayotda kriptoaktivlardan foydalanish qator to‘siqlar bilan bog‘liq edi: foydalanuvchilar mablag‘larni oldindan yechib olishi, ayirboshlash shoxobchalarini qidirishi va vaqt yo‘qotishi kerak edi. Asterium jismoniy kartasi bu ssenariyni o‘zgartiradi.

To‘lov vaqtida tizim avtomatik ravishda kriptoaktivlarni joriy kurs bo‘yicha fiat pulga (oddiy pulga) konvertatsiya qiladi. Shunchaki kartani supermarketdagi terminalga qo‘yish, restoranda hisobni to‘lash yoki onlayn obunalar uchun bog‘lash kifoya — jarayon oddiy bank kartasidan foydalanishdan farq qilmaydi.

Kundalik foydalanish va premium tajriba

Asterium tomonidan taqdim etilayotgan Visa Platinum shunchaki tor doiradagi texnoishqibozlar uchun emas, balki premium imtiyozlar bilan to‘ldirilgan, har kuni foydalanish mumkin bo‘lgan amaliy moliyaviy vosita sifatida yaratilgan.

Karta egalari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • DragonPass dasturi orqali butun dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq biznes zallarga bepul kirish;
  • aeroportlarda nazoratdan tezlashtirilgan tarzda o‘tish (Fast Track);
  • Toshkent aeroportida yuklarni bepul o‘rash va premium Anjir launjiga kirish.

“Bizning maqsadimiz — ommaviy foydalanuvchi uchun kriptoiqtisodiyotga kirish to‘sig‘ini pasaytirish. Asterium’ning Visa Platinum kartasi — bu ertalabki qahva yoki chet elda mehmonxona band qilish uchun kriptoaktivlar bilan to‘lovni amalga oshirishda murakkab texnik jarayonlar va konvertatsiyalar haqida umuman o‘ylamaslik mumkinligini isbotlovchi universal vosita”, — deya ta’kidlaydi Asterium bosh direktori Komilxo‘ja Sultonov.

Birinchi to‘liq qonuniy infratuzilma

Kriptoaktivlardan ommaviy foydalanishni ishonchsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Yashirin” yechimlardan farqli o‘laroq, Asterium O‘zbekistonning to‘liq tartibga solinadigan huquqiy maydonida ishlaydi. Kriptodo‘kon, birja va depozitariy faoliyati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan litsenziyalangan. Bu foydalanuvchilarga operatsiyalar qonuniyligini, ularning huquqlari himoya qilinishini va to‘liq shaffoflikni kafolatlaydi.

Jismoniy kartaning chiqarilishi Asterium ekotizimining moliyaviy siklini mantiqan yakunlaydi: xavfsiz saqlash va ayirboshlashdan tortib, real hayotda kripto-aktivlarni bir zumda sarflashgacha.

Asterium’ning Visa Platinum kartasi bo‘yicha hisob-kitoblar faqat fiat valyutasida amalga oshiriladi. Kriptoaktivlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov amalga oshirilmaydi. Tranzaksiyani amalga oshirish vaqtida avtomatik konvertatsiya yuz beradi: Asterium kriptoekotizimi foydalanuvchining kriptoaktivlarini sotib oladi va to‘lovni yakunlash uchun karta hisobini bir zumda fiat mablag‘lari bilan to‘ldiradi. Ushbu mexanizm regulyatorning (ILMA) me’yoriy talablariga to‘liq javob beradi.

Telefon: (+998) 78−777−55−58.

Instagram: @asteriumwallet
Telegram: t.me/asteriumwallet
Telegram-bot: t.me/AsteriumHelpBot

Reklama huquqlari asosida.