1-apreldan boshlab AYOQSHlarda yonilg‘i uchun to‘lovni faqat karta, to‘lov tizimlari va bank ilovalari orqali amalga oshirish shart bo‘ldi.

Haydovchilar o‘nlab turli ilovalarda chalkashib, kartalar bilan ovora bo‘lmasliklari uchun Toshkent shahri va butun O‘zbekiston bo‘ylab yagona Rahmat QR tizimi ishga tushirildi.

Nega aynan Rahmat QR?

Ortiqcha ilovalarni yuklab olish shart emas. Shunchaki, QR kodni telefonning oddiy kamerasi bilan skanerlash mumkin:

  • ortiqcha to‘lovlarsiz: iste’molchi uchun to‘lov komissiyasi 0%;
  • barcha turdagi kartalar: UZCARD, HUMO, Visa va Mastercard;
  • barchasi birda: QR kod ichiga Click, payme, xazna, Uzum, Paynet, Alif, Beepul, Anorbank, Oson va boshqa to‘lov tizimlari allaqachon jamlangan.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Buning ikki oddiy usuli bor:

  • kassada: QR kodni skanerlab va mijozga qulay usulda to‘lov qilinadi;
  • yoqilg‘i quyish moslamasi yonida (mashinadan tushmasdan): to‘g‘ridan-to‘g‘ri moslamadagi QR kodni skanerlab, yoqilg‘i turini, litr yoki summani tanlab, istalgan usulda to‘lov qilish mumkin. Kassirning oldiga borish shart emas.

Xizmat qayerlarda ishlaydi?

Xizmat benzin, metan va propan quyish shoxobchalarida ishlaydi. Rahmat QR tizimi quyidagi AYOQSHlarda allaqachon mavjud:

  • Saneg, Lukoil, Mustang;
  • IBR, ITS, Fath Oil, Comfort Oil;
  • Uzmax Oil, Poytaxt, Energy oil va boshqalar.

Plastik kartalar va ortiqcha ilovalarni unutish mumkin. Bitta QR — barcha to‘lov usullari birda.

Rahmat QR haqida batafsil.

Telefon: 1865

Tarmoqni Rahmat QR tizimiga ulamoqchi bo‘lganlar Telegram orqali ariza qoldirishlari mumkin.

Reklama huquqlari asosida.