Tesla elektromobillar savdosi bo‘yicha dunyoda yana birinchi o‘ringa chiqdi, deb yozadi South China Morning Post.
Yanvar-mart oylarida Amerika kompaniyasi 358 mingdan sal ko‘proq mashina sotdi — bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 6,5% ga ko‘pdir. CNBC’ning qayd etishicha, bu miqdorning asosiy qismi Model 3 sedani va Model Y krossoveriga to‘g‘ri keladi — jami 341,8 ming avtomobil.
Savdolarning 59% dan ortig‘i kompaniyaning Shanxaydagi Xitoy zavodidan yetkazib berishni ta’minladi. O‘tgan yilga nisbatan yuklab jo‘natish hajmi 23,5% ga o‘sganini ko‘rsatdi.
Biroq, Tesla savdosi 2024-yil darajasidan pastligicha qolmoqda, shuningdek, o‘tgan yilning so‘nggi choragiga nisbatan biroz pasaygan. Avtomobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalari 2-aprel kuni choraklik natijalar e’lon qilinganidan keyin 5% ga arzonlashdi.
2025-yil yakuniga ko‘ra bozor yetakchisiga aylangan Xitoyning BYD kompaniyasi birinchi chorakda savdo hajmining chorak qismga — 310,3 ming donagacha pasayishiga duch keldi. Ekspertlar bunga Xitoy hukumati tomonidan elektr transporti uchun imtiyozlar qisqartirilgani sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.
1-yanvardan boshlab xitoylik xaridorlar avtomobilni trade-in tizimi bo‘yicha almashtirganda yangi mashina narxining 12%imiqdorida, biroq 20 ming yuandan ($2905 yoki 35,37 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishadi.
Bungacha subsidiya har qanday narxda 20 ming yuanni tashkil etardi. Shuningdek, elektr transport xaridorlari uchun 5% (oddiy avtomobillar uchun 10%) miqdorida soliq joriy etildi.
Shu bilan birga, mart oyida BYD’ning oylik sotuv hajmi fevral oyiga nisbatan deyarli 58% ga oshdi. Talabning oshishiga mahalliy darajadagi yangi qo‘llab-quvvatlash choralari ham, Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi fonida benzin narxining oshishi ham yordam berdi.
Xitoy bozorida narxlarni pasaytirish imkoniyatlarining qisqarishi fonida avtomobil ishlab chiqaruvchilar boshqa strategiyalarga o‘tishdi. Xususan, Teslaning Xitoydagi bo‘linmasi elektromobillarni sotib olish uchun 7 yil muddatga yillik 1,36% stavkada qarz taklif qilmoqda — buning natijasida oylik to‘lov 2000 yuandan ($290 yoki 3,54 mln so‘m) kamroqni tashkil etadi.
Avvalroq BYD besh yil ichida savdo bo‘yicha 22 mamlakatda Tesladan o‘zib ketgani haqida xabar berilgandi.
Birgina 2025-yilda Tesla yetkazib berish hajmi 8,6% ga kamayib, 1,79 mlndan 1,64 mln donaga tushdi. BYD savdosi esa 28% ga o‘sib, 2,26 mln elektromobilga yetdi.