Yandex ML School Uzbekistan o‘qishga kirish istagida bo‘lgan barchaga saralash bosqichi topshiriqlari tahlili keltirilgan materiallardan foydalanish imkonini berdi. Yangi guruh uchun arizalar qabuli 12‑avgustda boshlanadi. Materiallar ehtimollar nazariyasi, statistika, oliy matematika va algoritmlarga oid videoma’ruzalarni hamda masalalarning batafsil tahlilini o‘z ichiga oladi. Ularni o‘rganish uchun ingliz tilini bilish talab etiladi. Materiallardan foydalanish uchun loyiha platformasida ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi kifoya.
Yandex ML School Uzbekistan sun’iy intellekt, mashinali ta’lim va ma’lumotlar tahlili sohalarida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Dastur saralashida qatnashish uchun nomzod 18 yoshdan katta bo‘lishi hamda texnika oliy o‘quv yurtining birinchi yoki ikkinchi kurs darajasidagi asosiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishi lozim.
Saralash onlayn-test va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yuzma‑yuz suhbatni o‘z ichiga oladi. Yangi guruhda ishtirok etish uchun arizani 10‑sentyabrgacha havola orqali topshirish mumkin.
Darslar Toshkent shahrida oflayn shaklda o‘tkaziladi va ikki semestr davom etadi. New Uzbekistan University loyihaning akademik hamkori hisoblanadi.
2025‑yilda Yandex ML School Uzbekistan‘ga 3000 ga yaqin ariza kelib tushgan va saralash yakunlariga ko‘ra 31 nafar talaba qabul qilingan. Tanlovda bir o‘ringa 100 ga yaqin kishi da’vogarlik qilgan.
Reklama huquqlari asosida.