«agalarov development» tegli maqolalar
30 aprel 2026, 13:52 Iqtisodiyot
“Bu yerni palmaga to‘ldiraman”: Chorvoqda Sea Breeze loyihasini ko‘kalamzorlashtirish boshlandi
Xiyobon yo‘li bo‘ylab 100 ga yaqin palma o‘tqazildi. Yaqin vaqt ichida yana 70 tup daraxt ekilishi kutilmoqda.
29 aprel 2026, 18:40 Iqtisodiyot
Fermerlarga Sea Breeze Uzbekistan uchun olingan yerlar evaziga kompensatsiya to‘landi
Investor Toshkent viloyati hokimligiga kompensatsiyani to‘liq o‘tkazib berdi, shundan so‘ng mablag‘lar fermerlarga berildi.
29 aprel 2026, 17:48 Iqtisodiyot
O‘zbekiston hukumati va Sea Breeze Uzbekistan o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi
Shartnoma fevral oyida tuzilgan, biroq bu haqda ommaga e‘lon qilinmagan. Hukumat nomidan hujjatni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi imzolagan.
29 aprel 2026, 16:13 Iqtisodiyot
“Qurilish ishlari jadal sur‘atda ketmoqda”: Chorvoqda Sea Breeze loyihasi bo‘yicha ishlar boshlandi
Obyektda maxsus texnikalar yordamida tayyorgarlik va infratuzilma ishlari olib borilmoqda.
14 fevral 2026, 12:00 Iqtisodiyot
Emin Agalarov Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan kurortining qiymatini $5−7 mlrdga baholadi
Loyiha narxi qurilish zichligiga bog‘liq bo‘lib, murakkab tog‘ relyefi tufayli taxminan bir birlikni tashkil etishi mumkin.
12 fevral 2026, 16:23 Iqtisodiyot
“Loyihaga qiziqish juda yuqori” — Emin Agalarov Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan haqida
Kurort qurilishini moliyalashtirish tadbirkor va xalqaro investorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
12 fevral 2026, 12:16 Iqtisodiyot
Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan qurilishini bahorda boshlash rejalashtirilmoqda
Hozirda developer ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Yaqin orada hukumat bilan investitsiya shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
7 oktabr 2025, 18:54 Iqtisodiyot
Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasining ekologik ekspertizasi hali yakunlanmadi
Kompaniya mavsumiy kurort hududida tayyorgarlik, jumladan, hududni tozalash va chiqindilarni olib chiqish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
6 avgust 2025, 18:41 Biznes
Kanalizatsiya tizimi, loyiha mablag‘lari, yerni qayta sotish: ISSV — Sea Breeze qurilishi bo‘yicha savollarga javob berdi
Ijara to‘lovi investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida ramziy darajagacha kamaytirilgan. Loyiha doirasida hududda quriladigan ko‘prik va yo‘llar investorning infratuzilma to‘lovi hisobidan moliyalashtiriladi.
6 avgust 2025, 17:40 Biznes
“Sea Breeze uchun istisno bo‘lmasligi kerak” — biznes Chorvoqdagi loyiha haqida qanday fikrda?
Spot tog‘li hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning Sea Breeze loyihasi borasidagi fikrlari hamda tadbirkorlarning hududda duch kelayotgan muammolarini o‘rgandi.
5 avgust 2025, 17:16 Biznes
Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi qurilishi yuzasidan bayonot berdi
Hokimlik ekologiya, qurilish, kadastr va sanitariya sohalari bo‘yicha viloyat tuzilmalari tomonidan tizimli nazoratga olinishini maʼlum qildi.
5 avgust 2025, 08:42 Biznes
O‘zbekistonda Agalarov Development ishtirokida Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi
Uning yana bir ta’sischi O‘zbekoziqovqatzaxira uyushmasi raisining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Mahmudov hisoblanadi.
4 avgust 2025, 09:52 Iqtisodiyot
Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasida ekologik talablar bajarilmasa loyiha to‘xtatiladi
Investor loyiha uchun ajratiladigan yerlar evaziga yetkazilgan zararni qoplash uchun $5 mln ajratadi. Qurilish ishlariga “katta tajribaga ega” mahalliy va xorijiy kompaniyalar jalb etiladi.
4 avgust 2025, 08:48 Qonunchilik
Hukumat Sea Breeze Uzbekistanga Bo‘stonliqdan 577 gektar yerni 25 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beradi
Chorvoqdagi dam olish maskanini qurish ishlari 2035-yilgacha amalga oshiriladi. Yerning ijara narxi 5 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan 17 mlrd so‘mni tashkil etadi.
16 iyul 2025, 21:06 Biznes
Agalarov Development Toshkentda Sea Breeze savdo ofisini ochadi — kompaniya tarmoqlardagi xabarlarga izoh berdi
Ozarbayjon kompaniyasi O‘zbekiston rezidentlarining Sea Breeze Baku’dagi turar-joy va tijorat ko‘chmas mulkiga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.
3 iyul 2025, 16:47 Biznes
Prezident Sea Breeze Uzbekistan master-rejasining yangilangan konsepsiyasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi doirasida Kaspiy dengizi bo‘yidagi Sea Breeze dam olish maskani faoliyati haqida ma’lumot berildi.
16 iyun 2025, 17:56 Biznes
“O‘zbekistonning o‘z dengizi yo‘q, ammo dengiz o‘rnini bosuvchi suv ombori bor”, — Emin Agalarov Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi haqida
U suv ombori bo‘yidagi qurilish bilan bog‘liq ekologik xatarlar va e’tirozlarga izoh berib, Chorvoqning hozirgi holati saqlanib qolinishini ma’lum qildi. Agalarovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk xaridorlarining 82%ini mahalliy aholi tashkil etadi.
12 iyun 2025, 12:35 Biznes
Agalarov Development Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasiga $5 mlrd yo‘naltiradi
ISSV Ozarbayjon kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi. Umummavsumiy kurort loyihasida jami 577 gektar, jumladan, birinchi bosqichda 100 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshiriladi.
27 avgust 2024, 19:02 Biznes
$133 mlnlik Agalarov Residence turar-joy majmuasi Fransiya elchixonasi yonida joylashadi
1,98 gektar maydondagi apart-mehmonxona qurilishi sentabr oyida boshlanadi. Qurilish jarayonida Evos va Stoloffka umumiy ovqatlanish shoxobchalari buziladi.