«yangi toshkent» tegli maqolalar

17 iyun 2025, 09:32 Iqtisodiyot

Do‘stlik metro bekatidan Yangi Toshkent shahriga yer usti va yer osti metro yo‘li quriladi

Yo‘nalish uzunligi 21 km bo‘lib, to‘qqizta bekatdan iborat bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishga Rossiya va Turkiya kompaniyalari jalb etilgan.
13 iyun 2025, 20:02 Iqtisodiyot

Yangi Toshkentda Sankt-Peterburg mahallasi quriladi

Tomonlar ishlab chiqilgan konsepsiya bo‘yicha loyihani takomillashtirmoqdalar. Mahalla qurilishini 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.
11 iyun 2025, 18:18 Biznes

Yashil energiya, transport, bojxona hamda tog‘-kon sanoati — Xitoy kompaniyalari bilan nimalarga kelishildi?

China General Nuclear Power O‘zbekistonda gibrid quyosh elektr stansiyasini qurishga, ZTO Express esa bojxona rasmiylashtiruvida onlayn platformani joriy etishga qiziqish bildirdi.
10 iyun 2025, 19:31 Iqtisodiyot

“Har bir investor manfaati kafolatlanadi” — Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish haqida

Davlat rahbari Markaziy Osiyoda investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasini ishlab chiqishni taklid qildi.
20 may 2025, 13:12 Iqtisodiyot

Do‘stlik bekatidan Yangi Toshkent bilan poytaxtni bog‘lovchi metro liniyasi quriladi — Transport vaziri

Ilhom Mahkamov davlat rahbari ushbu loyiha doirasida ishlarni boshlash bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.
15 aprel 2025, 13:00 Biznes

“Markaziy Osiyodagi eng yirigi bo‘ladi” — Qurilish vaziri o‘rinbosari okeanarium qurilishi haqida. Foto

Davron Odilov okeanarium loyihasi Yangi Toshkent hududida joylashishini, u o‘z ichiga ko‘ngilochar hamda savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, shuningdek, to‘rt yulduzli mehmonxona majmuasini olishini ma’lum qildi.
18 mart 2025, 11:23 Qonunchilik

Toshkent viloyatidan yana 122 gektar yer Yangi Toshkent hududiga o‘tkazildi

Yuqori Chirchiq tumanining Bordonko‘l hamda Do‘stlik mahallalaridagi yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga ajratib berildi.
4 mart 2025, 09:55 Iqtisodiyot

Bandlik vazirligi Yangi Toshkent qurilishiga ishga qabul qilish bo‘yicha maxsus bot ishga tushirmoqda

Vazirlik call-markaz orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishdagi uzilishlar bartaraf etilayotganini qayd etib, fuqarolardan “Telegram"-bot orqali murojaat qilishlarini so‘radi.
28 fevral 2025, 18:45 Iqtisodiyot

Xorijdagi o‘zbekistonliklar Yangi Toshkent qurilishiga taklif etilmoqda. Ish haqi — 15 mln so‘mgacha

Fuqarolar 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlariga 38 ta yo‘nalish bo‘yicha joylashishlari mumkin.
23 yanvar 2025, 20:26 Iqtisodiyot

Endi ko‘p qavatli uy qurilishi uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotiladi

Bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.
17 yanvar 2025, 10:16 Iqtisodiyot

40 km yo‘l, 3 ta yerosti avtoturargohi hamda tramvay yo‘lagi — “Yangi Toshkent"ning birinchi bosqich hududi haqida

Har bir yerosti avtoturargohi 230 ta avtomobil hamda 30 ta mototsikl sig‘imiga ega bo‘ladi. Piyodalar va velosipedlar uchun yer osti o‘tish yo‘lagi tashkil etilib, elektromobillar uchun 22 ta quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.
16 yanvar 2025, 09:47 Iqtisodiyot

“Yangi Toshkent” infratuzilmasi Dubay tajribasi asosida ishlab chiqilishi mumkin

Yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.
28 dekabr 2024, 19:50 Iqtisodiyot

“Yangi Toshkent"da transport infratuzilmasi va muhandislik tarmoqlari qanday bo‘ladi?

Transport qatnovi uchun 14ta tunnel, 100 ming avtomobilga mo‘ljallangan yer osti turargohlari quriladi. Barcha muhandislik tarmoqlari yer tagidan o‘tkaziladi.
28 dekabr 2024, 17:40 Iqtisodiyot

O‘qituvchilar uchun turar joy, talabalar yotoqxonasi va ko‘p funksiyali kutubxona — Yangi Toshkentdagi ilk qurilish jarayoni

Yangi shaharda Toshkent davlat pedagogika universitetining 7ta fakulteti birlashtiriladi. “Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun 10 ming o‘rinli 5ta fakultet quriladi.
28 dekabr 2024, 16:57 Iqtisodiyot

“Yangi Toshkent"dagi vazirlik va idoralarning vaqtinchalik ma’muriy binolari qanday bo‘ladi?

Hozirda yengil konstruksiyalardan 4ta bino va yordamchi inshootlar barpo etilgan. Ofislar “open space” uslubida bo‘lib, har birida 250 nafargacha xodim faoliyat yuritishi mumkin.
25 oktabr 2024, 21:16 Qonunchilik

Toshkent viloyatidagi yana 3ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tkazildi

Yuqori Chirchiq tumanining O‘zbekiston, Guliston hamda Istiqlol mahallalaridagi 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga ajratib berildi.
10 oktabr 2024, 21:00 Iqtisodiyot

Metro, toza havo va yer osti muhandislik tarmoqlari — Yangi Toshkent qanday bo‘ladi?

Hududni poytaxt bilan bog‘lash maqsadida metro, tramvay va monorelslar qatnovini yo‘lga qo‘yish, elektr, gaz va suv tarmoqlarini yer ostidan o‘tkazish hamda Qorasuv va Chirchiq daryolarini bog‘lovchi uchta sun’iy kanal barpo etish rejalashtirilgan.
27 sentabr 2024, 10:30 Iqtisodiyot

Yangi Toshkent hududidan o‘tuvchi Chirchiq daryosi bo‘yida dam olish maskani barpo etiladi

Kelasi yildan Xiva shahridagi temir yo‘l vokzali yonida yo‘l o‘tkazgich qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda.
12 sentabr 2024, 20:20 Qiyofa

Toshkent viloyatidan 14ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Yuqori Chirchiq tumanidan 11ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 mahalla qisman poytaxtning 13-tumani tarkibiga qo‘shiladi.
5 sentabr 2024, 16:19 Biznes

Yangi Toshkentda xalqaro aeroport quriladi — Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, yangi aeroport qurilgach, mavjud aeroportga investitsiyalarni kiritish to‘xtatiladi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting