Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 633-son qarori bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ma’qullandi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ va Xalqaro moliya korporatsiyasi 17.05.2018 yilda respublikada davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalar hajmi 1 mlrd AQSh dollarigacha bo‘lgan fotoelektr energiya ishlab chiquvchi ob’ektlarni loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun xususiy investorlarni izlash va tanlov asosida jalb etishda XMK tomonidan moliyaviy maslahat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan bitim tuzdilar.

Bitim doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
20.07.2019 yilga kelib tender o‘tkazish va tender takliflarini ochish ko‘zlangan. 2019 yil avgust oyida davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilish va investor bilan bitim imzolash rejalashtirilgan.