GM Uzbekistanning ochiq osmon ostidagi avtosalonlari respublika bo’ylab ochildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lumot berildi.
2 sentyabr kuni “GM Uzbekistan” “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” yangi aksiyasini yo‘lga qo‘ygan. Odamlarning ijobiy fikrlarini inobatga olib, kompaniya ochiq osmon ostidagi avtosalonlarni doimiy ravishda butun respublika bo‘ylab tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.
“Xurmatli xaridorlar, avval sizga va’da qilganimizday „Ochiq osmon ostidagi savdolar“ respublikamizning barcha hududlarida ish boshladi”, deyiladi xabarda.
Mijozlar avtomobillarni aksiya munosabati bilan tez va qulay tarzda “45 daqiqada” xarid qilib sovg‘asiga velosiped olishingiz mumkin. Viloyatlar, shaharlar va avtosalonlar nomi bilan havola orqali tanishish mumkin.
Ilgari Spot GM Uzbekistan noyabr oyida avtomobil olish uchun 29314 dona shartnomalar mavjudligi haqida e’lon qilgani haqida yozgan edi.