Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi tikuv sexi auksionga qo’yildi. Bu haqida E-ijro Auksion ma’lumot berdi.

Sex Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan bo’lib 2 qavatdan iborat, yerto’la ham mavjud.

Bino 74 xonadan iborat, hamda gaz, suv va elektr ta’minotiga ega.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 1.145 ga, binoning umumiy maydoni 3 807 kvadrat metr.

Binoning qurilish osti maydoni 0.1956 ga.

Obyekt iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlar tomonidan 2011 yil 20 sentyabrdagi qarori bo’yicha kim oshdi savdosiga qo’yildi.

Auksion 28 noyabr kuni bo’lib o’tadi, arizalar 26-noyabrgacha qabul qilinadi.

Baholangan narx 10 milliard so’m, zakalat puli esa 518 million so’mni tashkil etadi.

E-Ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo’lib, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo’yicha ochiq savdolar o’tkaziladi.