2018 yil yanvar-sentyabr oylarida Qozog’iston 339,5 million $ lik 2,4 ming tonna kumushni eksport qildi, deb xabar beradi “LS”.

Qimmatbaho metallarni yetkazib berish 3,2 barobarga oshdi, sotishdan olingan mablag' esa 16%ga kamaydi.

Asosiy ulush Buyuk Britaniyaga sotildi. Qozog’iston ushbu mamlakatga qariyb 2,3 ming tonnani 243,7 million $ga sotgan.

Bundan tashqari, Hindistonga 51,5 million $ ga 99,9 tonna kumush, Germaniyaga 42,7 million $ga 84,1 tonna, O’zbekistonga esa 1,6 mln $ ga 3,2 tonna kumush sotildi.

Bundan tashqari, to’qqiz oyda Qozog’iston deyarli 3,4 million $lik 1,8 tonna oltin sotdi, deyarli barcha oltin Qirg’izistonga sotildi.

Ilgari Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida xabar bergan edi.