Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining nomzodlar tomonidan kelib tushgan anketalarini o‘rganib chiqib saralash bosqichi yakunlandi hamda joriy yilning rasmiy portalda rasman e’lon qilindi.

Hozirda 1-tur onlayn test bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Tanlov ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, onlayn test bosqichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.

Har bir hudud bo‘yicha onlayn test bosqichlari o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasi, manzili rasmiy portalning “Yangiliklar” sahifasida joylashgan xaritada ko‘rsatilgan.

1-tur onlayn test bosqichi joriy yilning 25−30 noyabr kunlari o‘tkaziladi. 1-tur onlayn test bosqichida Aqliy salohiyat (IQ), Psixologik barqarorlik va xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz tillaridan ixtiyoriy bittasini) bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Ilgari Spot Boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edi. Tanlov g‘oliblari rivojlangan davlatlarda o‘z sohasi bo‘yicha 3 oylik malaka oshirish kurslarida o‘qish, pul mukofoti bilan taqdirlanishi va, eng asosiysi, davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimiga tayinlanishi belgilangan.