Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida portalida xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini qisqartirish taklif etilmoqda, deb xabar beradi “Norma”.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatidan “Shisha idishlar va ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari)” pozitsiyasini chiqarib tashlamoqchilar.
Ya’ni Davlat ekologiya qo‘mitasining tashabbusi ma’qullansa, xususiy tadbirkorlar shisha idishlar va ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish bilan shug‘ullana olmaydilar.
Biroq o‘tish davri — 3 oy nazarda tutilmoqda, bu vaqt davomida mazkur faoliyat turini amalga oshiradigan barcha xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlari bunda ularga yordam beradilar.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Ilgari Spot Xususiy tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgani haqida xabar bergan edi.