2019 yil 1 martdan Jizzaxda viloyat faoliyatining barcha jabhalarini yaxshilash bo‘yicha yirik investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan “Ilg‘or hudud” innovatsion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanmoqda. Jizzax viloyatini nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarisida ham tanishtirish hamda uning beqiyosligini ko‘rsatish bo‘yicha masalalar yechimi topilmoqda.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan Jizzax viloyatining Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsept hali bir necha oy davomida rivojlantirib boriladi.
Artógraph studiyasi direktori Iskander Xayitbayev so’zlariga ko’ra, eng asosiy ustuvor maqsadlardan biri hududning chuqur semantik ma’noni o‘zida aks ettiradigan va shu bilan birga uning moslashuvchanlinigi saqlab qoladigan belgisini yaratishdan iborat bo’lgan.
Ta’kidlanishicha, Jizzax viloyatining yangi logotipi o‘zida uch asosiy elementni jamlaydi, bular: joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi ichida doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi eshik joylashgan pin elementi.
Ilgari Spot Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubatorning ochilishi haqida xabar bergan edi.