Jizzaxda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) qoshidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubatorning ochilishi e’lon qilindi. Bu haqda LBMA matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.
Bu Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Jizzax viloyatida “Ilg‘or hudud” yoshlar rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir.
Xabarga ko’ra, biznes-inkubator tadbirkorlar uchun ko‘p muammolarni hal etish va qo‘yidagi savollarga javob berishga imkon yaratadi:
- loyiha uchun moliyalashtirish manbaini qanday qilib topish aniqlash va investorni jalb qilish mumkin;
- biznes-rejani qanday qilib to‘g‘ri tayyorlash va loyiha bo‘yicha yuzaga kelishi kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni to‘g‘ri hisoblash mumkin;
- o’z mahsulotiga bozorni qaysi yo‘nalishda va qanday qilib to‘g‘ri jalb etish mumkin;
- o’z mahsulotini sotish kanallarini qayerdan topish mumkin va o‘z mahsulotining reklamasini, sotilishini to‘g‘ri tashkil qilish mumkin.
“U quyidagicha shakllangan. Tadbirkor o‘z g‘oyasi bilan biznes-inkubatorga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari va mutaxassislari bilan birgalikda o‘z g‘oyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan so‘ng, biznes — reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertizadan o‘tadi. Tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va g‘olib chiqqan tadbirkor va LBMA investitsion memorandumni imzolaydilar sherik bo‘ladilar (har bir tomon loyihaga o‘zining ma’lum aktivini kiritadi) va birgalikda investitsion loyihani amalga oshiradilar”, deyiladi xabarda.
Biznes — inkubator qanday ishlaydi?
Dastlabki bosqichda LBMA qoshidagi biznes — inkubator yosh tadbirkorni biznesning to‘g‘ri yo‘nalishiga yo‘naltiribgina qolmay, unga moliyaviy yordam ham ko‘rsatib, to‘liq hajmda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Eng asosiysi- tadbirkorning loyiha bo‘yicha barcha ehtimoli bor xavflarga sherik bo‘lishga tayyordir.
Yoshlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha taklif etilgan bosqichma-bosqich sxema viloyat yoshlarini nafaqat masimal darajada qamrab olishga imkon beradi, balki samarali ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatish, o‘z loyihasini yaratishga yordam berish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta’kidlanishicha, biznes — inkubator idorasining ochilishi 2019 yil 1 mart kuniga rejalashtirilgan. Shuningdek, murojaat nuqtalari allaqachon ochiq va u yerga savol bilan murojaat qilish va javoblar olish mumkin. Biznes — inkubator idorasi LBMA ning Jizzax shahridagi vakolatxonasi binosida joylashgan.