Joriy yilning yanvar-fevral oyida O’zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 38 642 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 25 546 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 782 tani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 296 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, 194 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 2,1 m. ko’pdir.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 64,1%, dizel yoqilg’isi — 4,0%, yurgizuvchi g’ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 3,6 m., radiatorlar, shovqin so’ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 31,6% ga oshdi.