Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarini realizatsiya qilish uchun aprel oyida “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga ilk bor bir nechta lot savdoga chiqarilgan.

22 aprel kuni narxni oshirib borish shaklida o‘tkazilgan ochiq auksionlarning barchasi muvaffaqqiyatli yakun topdi.

Samarqand va Navoiy viloyati hududidan savdoga chiqarilgan ushbu obyektlarning (ja'mi 13 ta) boshlang‘ich bahosi 7,5 mln. so‘m qiymatida belgilangan.

Elektron onlayn-auksion ishtirokchilari tomonidan ushbu lotlar uchun7 mln. 875 ming so‘mdan, 271,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan narx tasdiqlandi.

Prezidentning “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi' qaroriga binoan mart oyidan jismoniy va yuridik shaxslar qimmatbaho metallarni qazib olish huquqiga ega bo’ldilar.

Mart oyida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. 2019 yilda Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi 405 ta uchastkadagi jami 403,4 gektar maydon qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun foydalanishga beriladi.