Ilgari Spot buzilgan Ezidyor restorani egasi “Grand Duet” MChJga yangi bino ajratish masalasi hal etilayotgani haqida xabar bergan edi.

Toshkent shahar hokimligi Ezidyor restorani binosi buzilish hududiga tushganligini uchun Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 115-uy manzilida joylashgan Sayohat restorani binosini qonunchilikda belgilangan tartibda Qo‘shma korxona tasarrufiga topshirishi lozim edi.

Biroq, bu kelishuv amalga oshmagani sabab, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Chilonzor tuman Ma’muriy sudiga Sayohat restorani binosini “Grand Duet” MChJ tasarrufiga o‘rnatilgan tartibda topshirish to‘g‘risida da’vo ariza bilan murojaat qilgan va da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirilgan.

Sentyabr oyiga kelib Sayohat restorani davlat balansidan MChJ nomiga to‘liq o‘tkazib berildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevga havola qilib xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, tadbirkor bir yildan buyon hal bo‘lmayotgan masalani ijobiy tomonga o‘zgarishga hissa qo‘shgan, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilgan barchaga minnatdorlik bildirgan.