Savdo-sanoat palatasiga Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi Grand Duet MCHJ O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari murojaat qilgan.

Grand Duet qo‘shma korxonasi Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Olmazor ko‘chasi, 19-uyda 2003 yildan buyon aholiga zamonaviy biznes markazi sifatida xizmat qilgan. Biroq, “Tashkent City” barpo etilishi munosabati bilan obyekt buzilishga tushgan.

Toshkent shahar hokimiyatiga qo‘shma korxona bilan kelishilgan xolda, Ezidyor restorani binosi buzilishi hududdiga tushganligi inobatga olinib, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 115-uy manzilida joylashgan Sayohat restorani binosini qonunchilikda belgilangan tartibda Qo‘shma korxona tasarrufiga topshirishi lozim edi.

Biroq, bu kelishuv amalga oshmagani sabab, tadbirkor faoliyatini to‘xtatishiga va yuzlab ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil fevral oyida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Chilonzor tuman Ma’muriy sudiga Sayohat restorani binosini “Grand Duet tasarrufiga o‘rnatilgan tartibda topshirish to‘g‘risida da’vo ariza bilan murojaat qilgan va da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirilgan.