Toshkent shahridagi davlat ulushi mavjud jamiyatlarning 6 tasi sotildi, xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

30 sentyabrdan 11 oktyabrga qadar E-ijro auksion elektron savdo maydonchasi orqali quyidagi davlat mulki obyektlari investor va tadbirkorlarga sotildi:

Obyekt nomiDavlat ulushi
“Faiz sharob savdo” MChJ
100%
“M.Ulug‘bek tuman hududiy ixtisoslashgan sharob-savdo bazasi” MChJ
100%
“Uchtepa sharob savdo” MChJ
100%
“4-sonli stomatologiya poliklinikasi” DUK
100%
“Bezak” MChJ
17,5%
“O‘zimpeksaloqa” MChJ
51,9%


Vazirlar Mahkamasining sentyabr oyidagi qarori bilan 63 ta jamiyatdagi davlat aksiyalari (ulushi) paketi ustuvor huquqlar qoʻllanmagan holda ommaviy savdolarga qoʻyilishi belgilandi. Ular orasida “Ipak Yo‘li” banki (0,41%), “Chotqol” MChJ (12,50%), “Baxmal agro silver” MChJ (16,20%) oʻrin olgan.

Ilgari Spot davlatning fevral oyida “Uzbekistan” mehmonxonasidagi, sentyabr oyida “Andijon yog‘-moy” AJ ustav kapitalidagi ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.