“Andijon yog‘-moy” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat aksiyalari 2019 yil 14 oktyabrdan “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi.

Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi 58,4% bo‘lib, savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni 243 163 tani tashkil etadi.

Bir dona aksiyaning nominal qiymati 4400 so‘m, savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi esa 94 645 so‘m.

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi — 23,4 mlrd so‘m.

Talabgorlar e’lon berilgan kundan boshlab 30 kundan so‘ng birja portali orqali birja qoidalariga muvofiq davlat aksiya paketlari sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari kerak.

Birja savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalarini ularni savdoga qo‘yish narxi bo‘yicha sotib olishga ikki oy mobaynida buyurtmanoma bo‘lmagan taqdirda, har 15 kunda boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 10% miqdorida, lekin boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 50%idan past bo‘lmagan holda, savdoga qo‘yish narxini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qo‘llaniladi.