Ichki turizm sohasida imtiyoz va subsidiyalardan foydalanish tartibi tasdiqlandi. Bu haqida O’zbekturizm matbuot xizmati xabar beradi.

Unga ko’ra, yangi joriy etilayotgan aviachiptalarga 25% va chipta turoperator orqali olingan bo’lsa 15%, jami 40% gacha chegirma mavjud. Shuningdek, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo’l chiptalariga 15% va mehmonxona xizmatlariga 10% chegirma belgilangan.

Shu qatorda, O’zbekiston bo’ylab sayohat qil dasturi doirasida quyidagilar belgilandi:

  • Ish beruvchining turistik xarajatlari xodimning daromadi sifatida ko’rib chiqilmaydi. Hamda, yuridik shaxsdan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqishda chegirib qo’yiladi.
  • Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari turistik xarajatlarga kamaytiriladi va shu bilan birga 2020 yilda joriy etilgan soliq imtiyozlari 2021-yil oxirigacha uzaytiriladi.

2020-yilda sohaga kirgan tadbirkorlar 2021-yilning oxirigacha bir qator imtiyozlarga ega bo’ldilar:

  • 26 mlrd so’m yer-mulk solig’idan ozod qilindi;
  • Foyda solig’ini 50% yoki 10 mlrd so’mga kamaytirildi;
  • Ijtimoiy to’lovlar 1%ga tushirildi;
  • 2 mlrd so’m qo’shimcha subsidiya berildi;
  • Olingan kredit to’lovlar to’xtatib turildi va boshqalar.

Avvalroq Spot, ichki va ziyorat turizmi haqidagi farmon imzolangani haqida yozgan edi.