Mixpanel analitik xizmatining asoschilaridan biri Suhail Doshi kichik modifikatsiyalari bilan Chromium asosida yaratilgan “bulutli brauzer” ni taqdim etdi. Bu haqda “vc.ru” xabar bermoqda.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, Mighty Google Chrome’dan farq qilmaydi, ammo “bulutli” xosting tufayli juda u tezroq. “Bulut” ichida Nvidia GPU va 16 GB tezkor xotiraga ega ikkita Intel Xeon protsessori mavjud.

Doshi Mighty ishini Netflix bilan taqqosladi, bu serverlardan uzatiladigan va boshqarilishi mumkin bo‘lgan video.

Mighty’ni ishga tushirganingizda, siz juda tezroq protsessor va ko‘proq xotiraga ega yangi kompyuter sotib olganga o‘xshaysiz. Ammo sizga yangi kompyuter sotib olishning hojati yo‘q. Siz qilishingiz kerak bo‘lgan yagona narsa Desktop dasturini yuklab olishdir, — ta’kidlamoqda Suhail.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, mahsulot:

  • 4K piksellar soniyasiga 60ta kadrni taqdim eta oladi.
  • 500 MB dan ko‘p bo‘lmagan RAM-da ham ishlay oladi (Google Chrome’dan 10 baravar kam).
  • 50 dan ortiq yorliqlarni ochganda ham protsessorni 30% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yuklamaga ega bo‘ladi.
  • Bu ilova kompyuterning sovutgichlarini shovqinga aylantirmaydi, chunki barcha yuqori yuk “bulut"ga tushadi.
  • Noutbuk batareyasining ishlash muddatini ikki soatga uzaytiradi.

Mighty barcha ma’lumotlar “qattiq kirish nazorati” bilan himoyalangan serverlarda saqlanishini va serverlarning har yili mustaqil auditorlar tomonidan tekshirilishini da’vo qilmoqda.

Mighty yaratuvchisi bu jarayonni “yangi turdagi kompyuterlar sari birinchi qadam” deb hisoblaydi. Qurilma ishlab chiqaruvchilari ishlashni yaxshilashga emas, balki chidamlilik, ekran sifati, dizayni va batareyaning ishlash muddatiga e’tibor qaratayotganlarini qo‘shimcha qilishgan.