AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga ma’ruza qildi va unda amerikalik oilalarni qo’llab-quvvatlash uchun $1,8 trlnlik rejasini taqdim etdi. Bayden badavlat amerikaliklarga soliqlarni ko’paytirish orqali oilalarni qo’llab-quvvatlash choralarini moliyalashtirmoqchi.

Baydenning so’zlariga ko’ra, “Amerika oilaviy rejasi” bo’yicha jami federal xarajatlar 10 yil ichida $1trlnga yetadi, yana $0,8 mlrd soliq imtiyozlari va boshqa harajatlar orqali to’planadi.Dasturga ko’ra pullar quyidagi yo’nalishlarda ishlatiladi:

  • $225 mlrd — bolalar bogchasi’i va boshqa maskanlar ta’mirlanishi uchun sarflanadi. Bu tug’ruqdan keyin ayollarning tezroq ishga qaytishini ta’minlaydi.
  • $225 mlrd — 10 yillik pullik oilaviy va tibbiy ta’til dasturiga yo’naltiriladi. Ushbu dastur asosida ishchilar 12 haftalik ta’tilga chiqishlari mumkin, shu vaqt ichida ularga ish haqining kamida uchdan ikki qismi to’lanadi (lekin oyiga $4000 oshmasligi kerak).
  • $511 mlrd — ta’lim sohasi rivoji uchun. Shuningdek, $200 mlrd bolalar bog’chasi qurishga va $109 mlrd -amerikaliklar va immigrantlar uchun ikki yillik bepul ta’limga yo’naltiriladi.
  • $39 mlrd — an’anaviy ravishda qora tanli talabalar qatnashadigan to’rt yillik kollejlarda (universitetlarda) yiliga $125000 dan kam maosh oladigan oilalar talabalari uchun ikki yillik o’qishni subsidiyalashga beriladi.
  • $45 mlrd — qashshoq tumanlardagi bolalarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga.
  • Bundan tashqari, Bayden bolali oilalar uchun soliq imtiyozlari muddatini cho’zish , bola tarbiya bilan shug’ullanuvchilar ish haqini oshirish va bo’lajak o’qituvchilar stipendiyasini oshirish kabi takliflar bilan chiqdi.

Oilalarni himoya qilish dasturi qanday amalga oshiriladi:

  • Boy amerikaliklar uchun soliqni oshirish yo’li orqali. Daromad solig’i 37% dan 39,6% gacha oshiriladi. Yiliga $1 mln dan ko’p pul topuvchilar uchun kapital va dividenddan olinadigan daromad foizi 20% dan 39,6% foizga oshiriladi.Ish haqi va investitsiyalar solig’ini hisobga olgan holda (har biri 3,8%) kapitalning maksimal o’sishi va ish haqiga solinadigan soliq 23,4% amaldagi stavkaga nisbatan 43,4% ga oshiriladi.

  • Ichki daromad xizmatini kengaytirish orqali, shu jumladan o’n yil ichida xodimlar sonini ikki baravar ko’paytirish va banklarga qo’yiladigan qo’shimcha talablarni qo’shish orqali. Natijada, Bayden g’oyasiga binoan, byudjetga $700 mlrd qo’shimcha daromad tushadi.

Avvalroq Spot, Bayden tomonidan umumiy miqdori $2 trln bo’lgan taklif haqida ma’lumot bergan edi.