Microsoft kompaniyasi Microsoft Store ishlab chiquvchilari uchun to‘lovlarni 30% dan 12% gacha pasaytiradi. Komissiyaning qisqartirilishi yana bir eng mashhur tarqatish xizmati bilan raqobatlashishiga yordam berishi mumkin, deya yozmoqda “incrussia.ru”

Ushbu o‘zgarishlar Microsoft do‘konidagi Xbox o‘yinlariga emas, balki kompyuter o‘yinlariga ta’sir qiladi. Xabarda aytilishicha, o‘zgarishlarga boshqa kompaniyalarning biznes modellari sabab bo‘lishi mumkin.

Microsoft’ning daromadlarni taqsimlashning yangi sxemasi Steam do‘konini ishlab chiqqan Valve’ga katta bosim o‘tkazishi mumkin. Chunki kompaniya hozirgacha Steam savdosi uchun 30% komissiya undiradi.

Shunga qaramay, Steam kompyuter o‘yinlarini tarqatishda davom etmoqda, ammo ko‘pchilik 30% komissiyani adolatli deb hisoblamaydi. Soha mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, aksariyat ishlab chiquvchilar Steam to‘lovlarini asossiz deb hisoblashadi. Microsoft do‘konidagi komissiyalarning qisqartirilishi esa Valve’ni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.