Biznes g‘oya: Yoz mavsumida qanday biznes ochgan ma’qul: tadbirkorlik uchun g‘oyalar va daromad topish yo‘llari haqida

Yoz mavsumidagi bizneslar boshqalariga qaraganda foydaliroq bo‘lib, tadbirkorlikni boshlash arafasida turganlar uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Spot siz uchun foydali deb bilgan biznes-g‘oyalarni to‘pladi.


Oʻzbekiston banklaridagi eng daromadli xorijiy valyuta omonatlari holati. Iyun 2021

Spot Oʻzbekistondagi barcha tijorat banklarining xorijiy valyutadagi omonatlarini oʻrganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.


Growth Academy asoschisi Shohida Ibragimovadan bo’lajak investorlar uchun foydali 10 ta kitob

Bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirgan, tajribali investor, Shift va Growth Academy markazlarining asoschisi Shohida Ibragimova o’zining sevimli kitoblari to’plami bilan bo’lishdi.


Dunyo xabarlari:

  1. Jeff Bezos iyul oyida kosmosga uchishini maʼlum qildi. Safar davomida milliarderga akasi sherik boʻladi.
  2. “Apple” iOS 15 ni taqdim etdi. Unga bir qancha yangi funksiyalar qoʻshilgan. Kompaniya WWDC-2021 ishlab chiquvchilari uchun onlayn konferensiyani oʻtkazdi.
  3. Google 4,2 milliard yevro jarimaga tortildi. Maʼlum boʻlishicha, kompaniya monopolistik harakatlarni amalga oshirgan.
  4. Dunyo iqtisodiyoti rekord darajada o‘sishi taxmin qilinmoqda. Jahon bankining ma’lumot berishicha, joriy yilda dunyo iqtisodiyoti 5,6% ga o‘sadi.
  5. Bitkoin Salvadorning rasmiy valyutasiga aylandi. Mamlakatda kripto-valyuta bilan toʻlovlarni amalga oshirish majburiy boʻladi.
  6. Facebook o’zining aqlli soatlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Tasvirga oluvchi kameraga ega soat 2022-yilning yozida taqdim etiladi.
  7. Bitkoin narxi oxirgi bir sutka davomida 7 foizga oshdi. Bunga Salvador davlatida kriptovalyutaning rasmiy to’lov vositasi sifatida qabul qilinganligi sabab bo’lishi mumkin.
  8. JBS kompaniyasi kiber hujumchilarga bitkoinlarda $11 mln tovon to’ladi. 1-iyun kuni kompaniyaning AQSHdagi barcha go’sht ishlab chiqaruvchi kombinatlari kiberhujum tufayli faoliyatini to’xtatgan edi.
  9. Ilon Mask kompaniya tarixidagi eng yuqori tezlikka ega Tesla S Plaidni taqdim etdi. Elektromobil 100 km/s yetishi uchun 2 sekund talab etiladi. Maksimal tezlik — 321 km/s.
  10. Xakerlar “Electronics Arts” video o’yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga hujum qilishdi. Hozirda ular 780 Gb miqdordagi ma’lumotlar bazasi va FIFA hamda Battlefield o’yinlari seriyasi kodlarini qo’lga kiritishgan.