Google Android qurilmalaridagi standart qidiruv tizimiga oʻz raqobatchilarining dasturlarini bepul joylaydigan boʻldi. Bunday qaror Yevropaning monopoliyaga qarshi regulyatorlari talabidan soʻng qabul qilindi, deb xabar bermoqda Reuters.

Google 2019-yilda qidiruv tizimlari Android qurilmalaridagi standart qidiruv tizimlari roʻyxatiga kirish uchun kim oshdi savdosida pul toʻlash tizimini joriy etishga muvaffaq boʻlgandi. Operatsion tizimdagi ustunlik sabab Yevropa Komissiyasi €4,24 milliard miqdorida jarimaga tortdi.

“Endilikda bozorda teng sharoit va kurash boʻladi”, — deydi Ecosia qidiruv tizimining bosh ijrochi direktori Kristian Kroll.

StatCounter maʼlumotlariga koʻra, har bir YeI mamlakatlaridagi beshta eng mashhur qidiruv tizimlari (shu jumladan Google) standart joylashtiriladi. Mazkur oʻzgarishlar 2021-yil sentyabr oyida kuchga kiradi.

Raqobatchilar ham oʻz oʻrnida oʻzgarishlarni maʼqulladilar.