Shavkat Mirziyoyev Incheon International Airport Corporation prezidenti vazifasini bajaruvchi Kim Bom Xo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Kompaniyaning Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklifi bildirildi.
Koreya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirokini davom ettirish, aeroportlarni boshqarish sohasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston bilan uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga tayyorligini ta‘kidladi.
Spot, avvalroq, Shinhan Bank O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkinligi haqida yozgandi.