Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga tashrifi doirasida Shinhan Financial Group kompaniyasi raisi Chjin Ok Donni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda moliyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda infratuzilmani takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energetika va sanoat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalarini ajratish to‘g‘risida kelishuv imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatda Shinhan Bank‘ning sho‘ba bankini tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangi moliyalashtirish instrumentlari va “yashil” kreditlarni jalb etish hamda raqamli banking, kichik va o‘rta biznes uchun maxsus yechimlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Spot, avvalroq, Lotte Group O‘zbekistonda turizm markazlarini boshqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.