Xakerlar dunyodagi eng yirik videoo’yin ishlab chiqaruvchilardan biri — Amerikaning “Electronic Arts” kompaniyasi tizimlarini buzib kirdilar. Ular FIFA va Battlefield seriyasining manba kodini o’z ichiga olgan 780 gigabayt ma’lumot olishdi. Bu haqda Forbes nashri xabar beradi.

“Electronic Arts” vakili ta’kidlashicha, tarmoqni buzish JBS USA va Colonial Pipeline operatorining tovlamachilikka asoslangan hujumi bo’lmagan.

“Biz sodir bo’lgan voqeani o’rganmoqdamiz, unda cheklangan miqdordagi o’yin kodlari va tegishli vositalar o’g’irlangan”, dedi EA vakili.

Uning qo’shimcha qilishicha, kompaniyada o’yinchilarning shaxsiy ma’lumotlari uchun xavf mavjud emas.

“Hodisadan keyin biz allaqachon xavfsizlik tizmini yangiladik va bu narsa o’yinlarimizga yoki biznesimizga ta’sir qilishini kutmayapmiz. Ushbu jinoiy tergov doirasida biz huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari va boshqa mutaxassislar bilan faol ish olib bormoqdamiz “, — dedi kompaniya vakili.

So’nggi paytlarda Amerikada yirik kompaniyalarga kiber jinoyatchilar hujumi ortib bormoqda. Avvalroq Spot, JBS go’sht ishlab chiqaruvchi yirik tarmoqni hujumga uchragani va kompaniya xakerlarga $11mln tovon to’lagani haqida xabar bergan edi.

Federal qidiruv byurosi tovlamachilarga to’lanadigan har qanday to’lovlarga qoralaydi, chunki bu bunday jinoyatlarning ko’payishiga yordam beradi. Oq uy rasmiylari hattoki kompaniyalarga to’lovlarni to’lashni taqiqlovchi qonun loyihalarini ishlab chiqishmoqda.