2021-yilda jahon iqtisodiyotida keyingi 80 yil ichidagi rekord oʻsish qayd etilishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon banki hisobotida maʼlum qilindi.

Maʼlumot berilishicha, joriy yilda dunyo iqtisodiyoti 5,6% ga oʻsadi.

“Bu oxirgi 80 yil ichida retsessiyadan soʻng tiklanishning eng yuqori koʻrsatkichi hisoblanadi”, deyiladi hisobotda.

Jahon bankining qayd etishicha, 2020-yilda dunyo YaIM 3,5% ga tushib ketgan. 2022-yilda jahon iqtisodiyoti 4,3% ga oʻsishi kutilmoqda.

Avvalroq Spot, Jahon banki Oʻzbekistonga qariyb $300 millionlik imtiyozli kredit va grant ajratganligi haqida xabar bergan edi.