1 iyuldan mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ning 17 raqamli identifikatsiya kodi joriy etiladi. Bu haqda DSQ rasmiy telegram kanali xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 249-sonli qarori bilan mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi.
Qaror bilan Davlat soliq qo‘mitasiga Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini (pozitsiya, subpozitsiya, brend va atribut) kengaytirib borishi, ya’ni mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kod (MXIK)larini shakllantirishi vakolati berilgan.
Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi — bu ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turiga tayinlangan belgilar (raqamlar) to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida elektron katalog bazasida mahsulot va xizmatlarga bosqichma bosqich 17 raqamli identifikatsiya kodlari yaratilmoqda.
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qo‘llanilgan mahsulot va xizmatlar uchun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodi yaratildi.
Barcha tadbirkorlik sub’ektlari tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan mahsulot va xizmatlar uchun 17 ta raqamli MXIKlarni saqlab olishlari mumkin.
Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bu yerda.
1-iyuldan mahsulotlarning 17 raqamli identifikatsiya kodi joriy etiladi
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qo‘llanilgan mahsulot va xizmatlar uchun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodi yaratildi.
Foto: Spot
«Spot»
- 3 871
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 10:10 Ko‘chmas mulk
Toshkentda 720 ta emas, 61 ta noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandi — Qurilish vazirligi
Poytaxtdagi noqonuniy qurilish obyektlari soni avval xato ko‘rsatilgani, aslida ularning umumiy soni 320 dan ortiq ekani ma’lum qilindi.
Bugun, 09:42 Biznes
O‘zbekneftgaz va CNPC ichki bozorga neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berishni muhokama qildi
Shuningdek, Xitoy kompaniyasi bilan “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish doirasida yuk tushirish quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilmoqda.
Bugun, 09:29 Iqtisodiyot
Amerikaning Aquatech kompaniyasi Toshkent suv xo‘jaligini boshqarishda ishtirok etishi mumkin
Oqova suvlarni tozalash tizimini modernizatsiya qilish va cho‘kindilarni yig‘ish bo‘yicha yechimlarni joriy etish rejalashtirilgan.
Bugun, 09:00 Biznes
Ajinomoto Group O‘zbekistonda AJI-NO-MOTO brendini taqdim etib, umami — beshinchi asosiy ta’m bilan tanishtirdi
14−16-oktabr kunlari Toshkentda Uzbekistan Umami Month tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus doirasida Yaponiyaning Ajinomoto Group kompaniyasi beshinchi ta’mning ilmiy asoslari va undan an’anaviy o‘zbek taomlarini tayyorlashda foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Kecha, 20:51 Biznes
“O‘g‘irlash qurboni o‘zimman”: Anorbank aksiyadori Qahramonjon Olimov ayblovlarni rad etdi
Tadbirkor Interpolning qizil bildirishnomasi asosida o‘zining xalqaro qidiruvga berilganini bema’nilik deb atadi.
Kecha, 20:29 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Henley & Partners pasportlar reytingida 10 pog‘onaga pastladi
Fuqarolar oldindan viza rasmiylashtirmasdan 57 ta yo‘nalishga borishi mumkin. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 5 taga kam.
Kecha, 19:04 Iqtisodiyot
G‘elondagi tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichi 2027-yilda ochiladi
Olti tog‘li qishloqda $50 mlnlik etnoturizm, tog‘-chang‘i va sport obyektlari loyihalari amalga oshiriladi.
Kecha, 17:38 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 62,36 so‘mga pasayib, 11 903,15 so‘mni tashkil etdi.