Google ilovalar doʻkoni (Play Store) dan 9 ta ommabop ilovani oʻchirib tashladi. Kompaniya mazkur ilovalar Facebook uchun xavf tugʻdirishi, foydalanuvchilarning akkaunt parolini oʻgʻirlashi sabab shunday qarorga kelgan.

Bu ilovalarning zararli xususiyatini “Доктор Web” kompaniyasi mutaxassislari aniqlagan. Kompaniya mazkur ilovalar roʻyxatini ham maʼlum qilgan boʻlib, ular quyidagilar:

  1. Processing Photo
  2. App Lock Keep
  3. Rubbish Cleaner
  4. Horoscope Daily
  5. Horoscope Pi
  6. App Lock Manager
  7. Lockit Manager
  8. Inwell Fitness
  9. PIP Photo.

Mazkur ilovalar olti million martaga yaqin koʻchirib olingan. Shuningdek, ularning aksariyati foydalanuvchilarning yuqori baholariga sazovor boʻlgan.

Avvalroq Spot, Google oʻzbekistonliklar uchun yer silkinishini aniqlovchi funksiyani ishga tushirganligi haqida xabar bergan edi.