“OSON” to’lov tizimi asoschisi Farhod Mahmudov o’zining Facebookdagi sahifasida ilovaning va kompaniyaning yaqin besh yil ichidagi rejalari haqida post qoldirgan.

“Mening nazarimda, kelajakda OSON dunyoning turli burchaklarida joylashgan ofislar tarmog’i bor, jamoasi 1000−2000ta insondan iborat, kamida 50 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etgan, 20dan ortiq mamlakatlarda litsenziyaga ega va yirik hamkorlar bilan shartnomalar tuzgan katta kompaniya bo’ladi. Va, albatta, OSON uchun hech qanday chegaralar bo’lmaydi”, — deya yozadi tadbirkor.

F. Mahmudov OSONni keyingi 5 yil ichida aynan shunday tasavvur qilishini ham ta’kidlab o’tgan.

Eslatma: OSON toʻlov tizimi sinov tariqasida 2017-yilda ishga tushirilgan edi.

Mazkur toʻlov tizimi “Brio Group” tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchiga QR-kod beriladi. Ushbu toʻlov tizimi orqali shahar telefoni va uyali aloqa, kommunal hamda tijorat xizmatlari, internet, kabelli televideniye va bosha xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoni mavjud.

Markaziy Bank tomonidan to’lov kompaniyasi sifatida esa 2020-yilning mart oyida litsenziyani qo’lga kiritgan.